O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2022-yil 3-martdagi“Ichki ishlar organlarida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo'lish muhitini yaratish hamda korrupsiyaviy omillarni oldini olish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 56-sonli buyrug'i hamda 2024-yil 15-apreldagi 126-son farmoyishi ijrosini ta'minlash va 2024-yil aprel oyining uchinchi o'n kunligi Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb 10 kunligi” deb e'lon qilinganligi munosabati bilan Qumqo‘rg‘on tumani Ichki ishlar bo‘limida seminar tashkil etildi.
Qumqo’rg’on tumani 1-sektor hududagi To‘g‘on mahallasida tuman hokimi Anvar Normamatov hamda tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari, mahalla aholisi va yoshlar ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan asosan ishga joylashish, ichimlik suvi, ichki yo’larni ta’mirlash va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. Shuningdek mahalladagi yoshlar murojaatlari ham tinglandi.
Bugun Qumqo’rg’on tumani hokimi Anvar Normamatov, sektor rahbarlari va umumiy oʼrta taʼlim maktablari direktorlari ishtirokida uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda umumtaʼlim maktablarida taʼlim-tarbiya tizimini yanada rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar xususida suhbat olib borildi.
Aziz yurtdoshlar!
Yurtimiz mo‘min-musulmonlari va butun xalqimizni yer yuzidagi islom ummati tomonidan keng nishonlanayotgan ulug‘ va muborak ayyom – Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
O‘rganishda qurilish ishlarini sifatli amalga oshirish va belgilangan muddatda foydalanishga topshirish yuzasidan buyurtmachi, loyihachi va pudratchi korxona rahbarlariga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ularning ijrosi alohida nazoratga olindi.
© Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi veb-saytlari 2024