Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi
YANA BAHOR KELDI OLAMGA

Ko‘rkam ko‘klamning huzurbaxsh nafasi ko‘ngillarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlaydi. Butun borliq uyg‘onadi. Qir-adirlarda maysalar nish urib chiqa boshlaydi. Qish davomida uyquda bo‘lgan dov-daraxt shoxlarida yaproqlar kurtaklarni yorib, quyosh nurlariga talpinadi. Tabiat yashillikka burkanadi.

Bog‘-rog‘lar gullarga ko‘miladi. Qushlarning sayrashi qalblarga quvonch ulashadi.

Bahor - fasllar kelinchagi. Bunda gulyaproqlarning muattar hidi, jonbaxsh yellarning ajib sho‘xligi, uyg‘ongan hayotning nafis nafasi qalblarni junbushga keltiradi. Daraxtlar gulga burkanadi, qushlarning orombaxsh sasi olamni tutadi.

Tuproq hidini sog‘ingan bobodehqon ketmonini olib, dalasiga oshiqadi. Kim ko‘chat qadagan, kim yer chopgan, kim daraxt butagan. Boshqasi ariq qazigan. Barcha-barcha tiriklik tashvishlari bilan band.

Bahor - yangilanish, yasharish fasli!

Bu - go‘zallik, nafosat fasli!

Bahor barchangizga muborak bo‘lsin!

 

Yana bahor keldi, yana olamda,

Ajib bir go‘zallik, ajib bir bayot,

Men seni qutlayman shu ulug‘ damda,

Ulug‘ yelkadoshim, muzaffar hayot!

2 izoh

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
2 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси