Har yili butun dunyo bo‘ylab "Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun" nomi ostida kampaniya o‘tkaziladi. Ushbu kompaniya ayollarga nisbatan zo‘ravonlik inson huquqlariga zid harakat ekanini ifodalovchi fikr bilan ramziy bog‘langan ikki voqea 25 noyabr – Xalqaro xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikni bartaraf etish kunida boshlanib, 10 dekabr–Xalqaro inson huquqlari kunida yakuniga yetadi. Har yili O‘zbekiston Respublikasida ham bu kompaniya doirasida davlat, NNTlar va Halqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda juda katta samarali ishlar amalga oshiriladi.
Qumqo’rg’on tumanida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida tuman tashkilotlari, mahallalar, aholi yashash xonadonlari, hiyobonlar, markaziy ko‘chalar, M-41 "Beshkek-Dushanbe-Termiz" avtomobil yo‘li yoqasida obodonlashtirish, tozalik, ko‘kalamzorlashtirish hamda ko’chat ekish ishlari jadallik bilan amalga oshrilmoqda.
Qumqo’rg’on tumani “Yuksalish”, “Imomtepa”, “Qarsoqli” mahallalarida yashovchi tadbirkor va haydovchilar tomonidan 10 nafar ehtiyojmand oila farzandlarning sunnat to‘ylari o‘tkazib berildi.
Tadbirda mahalla nuroniylari va boshqalar so‘zga chiqib, inson manfaatlari amalda qadr topgan mamlakatimizda savobli va xayrli ishlar yanada ko‘payib borayotganini ta'kidlab, to‘y bolalarga Vatan koriga yaraydigan kamarbasta insonlar bo‘lishlarini tilashdi.
Davlatimiz rahbarining Surxondaryo viloyatiga tashrifida mahallabay ishlash tizimini yanada kuchaytirish, “yettilik” faoliyatini namunali tashkil etish bo’yicha qator vazifalarni belgilab berdi.
Bugun Qumqo’rg’on tumanida viloyatimizning shahar va tumanlarida faoliyat yuritayotgan Xotin-qizlar faollari uchun seminar tashkil etildi.
Prezidentimizning "Mahallalarda birinchi navbatda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-154-sonli qaroriga ko‘ra, ayni kunlarda mahallalarning ichki ko‘chalarida asfaltlash ishlari olib borilmoqda.
Hususan Qumqo‘rg‘on tumani “Jarqishloq” mahallasidagi ichki yo‘llar bir necha yillardan buyon ta’mirlanmagani, nosozligi, aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lib kelayotgan edi.
© Qumqo`rg`on tumani hokimligi veb-saytlari 2023