Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi
Ayni paytda joylarda xalq deputatlari viloyat Kengashi hamda tuman Kengashi deputatlari hududlarda saylovchilar bilan uchrashuvlar tashkil qilyapti.
Kengash faoliyati / 2023-02-08

Xususan, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Mengnor Ollomuradov va tuman Kengashi deputati Zilola Allayarova Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Yangiqishloq” va “Xalqobod” mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.Unda mahalla oqsoqollari, yoshlar yetakchilari, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari qatnashdilar.
Uchrashuvda xalq vakillari 2022 - 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilingan qonunlar va ularning jamiyat farovonligini ta’minlash hamda odamlar hayotini yaxshilashda tutgan o‘rni va ahamiyati bo‘yicha tushunchalar berildi. Uchrashuv davomida aholi muammolari, takliflari ham tinglandi.
Xususan, bir nechta ko‘chalarning yo‘llarini yaxshilash, elektrdagi muammolar, sim yog‘ochlarni almashtirish, ishsizlik masalalari, bo‘yicha aholi fikrlarini tinglandi va yozib olinib nazoratga olinishi bildirildi.
Xalq vakilining saylovchilar bilan uchrashuvlari davom etmoqda.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
4 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси