“Yashil makon” ummumilliy loyihasi dasturida bo’yicha Qumqo‘rg‘on tumanidan o’tuvchi M-41 avtomabil yo‘li yoqasiga mevali va manzarali ko‘chatlar ekildi.
Ushbu tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari N.Allanazarov, “Nuroniy” jamg‘armasi Respublika boshqaruv bo‘lim boshlig‘i Majid Umarov, viloyat “Nuroniy” jamg‘armasi mas’ul hodimi Obid Jo‘rayev, tuman “Nuroniy” jamg‘armasi raisi B.Abdimo‘minov, Inson ijtimoiy himoya markazi direktori O‘ktam Holiqov hamda faol nuroniylar ishtirok etishdi.
Shuningdek “Munchoqtepa” mahallada yashovchi II-jaxon urishi qatnashchisi Hait bobo Musayev hamda Xurmatoy Yusupova, “Surxon sohili” mahallasida yashovchi I-gurux nogironi O‘ral Xudayberdiyev, 95 yoshli onaxon Mengnar moma Nazarova, “Ulug‘bek” mahalla yashovchi yakka-yolg‘iz fuqaro Komila Tulyashovalarning holidan habar olindi.
Ular uchun zarur bo‘lgan nogironlik aravachasi, qo‘ltiq tayoq va oziq-ovqat maxsulotlari topshirildi.
© Qumqo`rg`on tumani hokimligi veb-saytlari 2023