Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi
AYOLLAR HUQUQLARI QONUN HIMOYASIDA
Ochiq ma'lumotlar / 2023-12-06

Har yili butun dunyo bo‘ylab "Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun" nomi ostida kampaniya o‘tkaziladi. Ushbu kompaniya ayollarga nisbatan zo‘ravonlik inson huquqlariga zid harakat ekanini ifodalovchi fikr bilan ramziy bog‘langan ikki voqea 25 noyabr – Xalqaro xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikni bartaraf etish kunida boshlanib, 10 dekabr–Xalqaro inson huquqlari kunida yakuniga yetadi. Har yili O‘zbekiston Respublikasida ham bu kompaniya doirasida davlat, NNTlar va Halqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda juda katta samarali ishlar amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda ham keyingi vaqtlarda xotin-qizlarning huquq-manfaatlarini, gender tenglikni ta’minlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, ularga yangi ish o‘rinlarini yaratish, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirda ushbu masala davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan. Shu munosabat bilan og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan, shu jumladan oilaviy muammolar va turmushida turli hil zo‘ravonlikka duch kelgan xotin-qizlarni ruhiy qo‘llab-quvvatlash va ularga motivatsiya berish, zo‘ravonlikka qarshi targ‘ibot ishlarini kuchaytirish maqsadida jamoatchilik e’tiborini ushbu masalaga jalb etishga qaratilgan tadbirlar tashkil etilmoqda.

Xotin-qizlar huquqlari ularning tengligi va kamsitilmasligi 1945 yilda qabul qilingan Birlashgan Millatlar tashkiloti Nizomining asosiy tamoyillaridandir. Ayollar huquqlari – inson huquqlari bo‘lganligi sababli, ayollar barcha inson huquqlariga ega va ulardan foydalanadi. Shu ma’noda, gender tengligi Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosiy qadriyatlaridan biri bo‘lib, jinsiy kamsitish deyarli barcha inson huquqlari to‘g‘risidagi shartnomalarida taqiqlangan.

Zo‘ravonliklarsiz yashash huquqi, jismoniy va ruhiy salomatlikning eng yuqori darajasiga erishish huquqi, ta’lim olish huquqi, mulk huquqi, teng ish haqi olish huquqi va boshqa barcha inson huquqlari jinsidan qat’i nazar ayollar uchun ta’minlanishi kerak. Biroq, butun dunyo bo‘ylab millionlab ayollar ushbu huquqlardan foydalanishda kamsitishlarga duch kelishda davom etmoqdalar. Gender tengsizligi ayollar va qizlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan ko‘plab muammolarning sababchisi hisoblanadi. Bular maishiy va jinsiy zo‘ravonlik, ish haqining pastligi yoki ishga joylashishdagi muammolar, ta’lim olish va boshqalar bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 58-moddasida Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligi, Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlagshi belgilangan.

Qumqo‘rg‘on tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi           Sh.X.G‘oziev

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
2 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси