Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi
G’alla o’rim-yig’im mavsumi oldidan ehson dasturxoni yozildi
Ochiq ma'lumotlar / 2024-05-22

Bugun Qumqo’rg’on tumanida mirishkor dehqonlarimiz yetishtirgan g‘alla hosilini yig‘ishtirib olish mavsumini boshlash arafasida ehson dasturxoni yozildi.

Tadbirda tuman hokimi Anvar Normamatov, sektor rahbarlari, qishloq xo‘jaligi sohasi faxriylari va xodimlari, diniy soha vakillari hamda faollar ishtirok etishdi.

Tadbir so'ngida xalqimizning rizq-ro‘zi bo‘lgan g‘alla hosilini nes-nobud qilmasdan yig’ib olish, hosillar mo‘l-ko‘lchiligi, o’rim-yig’im mavsumini xayrli o‘tkazishni so‘rab duoga qo‘l ochildi, Qur’on tilovat qilindi.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
3 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси