Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi
“Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Ochiq ma'lumotlar / 2024-09-25

Qumqo’rg’on tuman hokimligi va hamkor tashkilotlar tomonidan “Ekstremizm, terrorizm va missionerlikning asl qiyofasini namoyon etuvchi “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir jarayonida mavzuga doir rasmlar tanlovi o‘tkazilib, unda tumandagi umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan 12 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli va havaskor rassom o‘quvchilar ishtirok etishdi. Yakunda eng yaxshi deb topilgan asar mualliflari tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.

Shuningdek, o‘quvchi-yoshlarni diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlaridan ogoh etish maqsadida “Biz jamiyatimizda har qanday radikallashuvga, yoshlarimiz ongini buzg‘unchi yot g‘oyalar bilan zaharlanishiga, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga, ma’rifat o‘rnini jaholat egallashiga yo‘l qo‘ymaymiz” mavzusida targ‘ibot-tashviqot ishlari ham amalga oshirilmoqda.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
1 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси