Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi
Oila — muqaddas dargoh.
Ochiq ma'lumotlar / 2024-10-07

Oila qo‘rg‘onining mustahkam bo‘lishi uchun xalqimizga xos sabr-qanoat, o‘zaro hamjihatlik, mehr-oqibat singari fazilatlarga amal qilib yashash lozim.

Ayniqsa, yoshlarni yuksak odob-axloq tamoyillari asosida tarbiyalash, mustaqil oilaviy hayotga tayyorlashga yo‘naltirilgan, o‘ziga xos mazmunga ega tadbirlarni kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.

O’zbekiston Respublikasi Bosh vazir o’rinbosari Z.Maxkamova Qumqo’rg’on tumani “Ulug’bek” mahallasida “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash maktabi” faoliyati bilan tanishdi.

Ushbu maktab nikohlanuvchi shaxslarni oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi masalalari bo‘yicha tizimli tayyorlash barobarida ularda oilaviy qadriyatlarni saqlash, ibratli ota-ona bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirishda ko‘maklashishi, shubhasiz.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
5 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси