Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi
“Konstitutsiyam 32 yoshda”
Ochiq ma'lumotlar / 2024-12-04

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-oktyabrdagi F-53-son «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi Farmoyishi ijrosi yuzasidan Qumqo’rg’on tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Abrayev Xasan Choriyevich hamda sudya Usmonov Tohirbek Shavkatovichlar tomonidan Biznesni rivojlantirish banki Qumqo’rg’on tuman filialida Konstitutsiyam 32 yoshda shiori ostida targ’ibot tadbiri o’tkazildi. Tadbirda Biznesni rivojlantirish banki Qumqo’rg’on tuman filiali xodimlari, fuqarolar ishtirok etdi.

Unda yangilangan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, fuqarolar mafaati uchun amalga oshirlgan o’zgarishlar, shuningdek, sud hokimiyati mustaqilligi va sudyalar daxlsizligiga doir yangi normalar hamda ularning natijalari tilga olindi.

Tadbir davomida yangilangan Konstitutsiya mamlakat, millat va xalq sifatida keyingi qadamlarimizni aniqlab olishimiz uchun gʻoyat ahamiyatli masala, adolatli jamiyat qurish yoʻlidagi ulkan qadam ekanligi inson huquq va erkinliklari qonunlarimizning, har bir vazirlik va idora faoliyatining mazmuniga aylanishi qatʼiy talab sifatida belgilanganligi hamda bu hol davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning faqat va faqat fuqarolarning manfaatlarini koʻzlab faoliyat koʻrsatishiga asos boʻlishi ta’kidlandi. Binobarin, qonunlardagi noaniqliklar inson foydasiga hal boʻlishi shart va zarurligi, inson va davlat oʻrtasida munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilikdagi noaniqliklar, turli tushunmovchiliklar bartaraf etilganligi qayd etildi.

 

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
49 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси