Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi
“Yil ayoli 2024” milliy tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi
Ochiq ma'lumotlar / 2024-11-08

Qumqo’rg’on tuman Oila va xotin-qizlar bo'limi tomonidan jamiyatda ijtimoiy faol bo'lgan har jihatdan ibratli xotin-qizlarni aniqlash, ularning faoliyatini keng jamoatchilikka yaqindan tanishtirish, ilgʻor ish tajribasini ommalashtirish maqsadida “Yil ayoli” milliy tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi.

Tanlovda mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissasini ko‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat bo‘lish bilan birga o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari bo‘lgan ayollar qatnashdi.

Tanlov g‘oliblari va ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
5 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси