16-noyabr Xalqaro bag‘rikenglik kuniga bag‘ishlab 11-16-noyabr kunlari yurtimizda Bag‘rikenglik haftaligi о‘tkazilmoqda. Bag‘rikenglik haftasi dasturi doirasida 13-noyabr kuni 2-son umumta’lim maktabida “О‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad yurtimizda diniy erkinlik va millatlararo munosabatlarning barqarorligini keng jamoatchilikka yana bir bor namoyish etishdan iboratdir.
Tadbirda so‘z olganlar bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila farzandlaridek ahil va inoq yashamoqda. 16 ta diniy konfessiyalar о‘z faoliyatini erkin amalga oshirayotganlari, ular О‘zbekiston ravnaqi yо‘lida birlashib, barcha soha va tarmoqlarda fidokorona mehnat qilib kelishmoqda.
Sana munosabati bilan turli millat va elat vakillari tuman hokimligining tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar.
© Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi veb-saytlari 2025