Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi
NAVBATDAGI SAYYOR QABUL VA YOSHLAR UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI.
Ochiq ma'lumotlar / 2024-11-23

Bugun Qumqo’rg’on tumani 1-sektor hududidagi “Yangi avlod” mahallasida Sayyor qabul hamda "Hokim va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi. Unda tuman hokimi o‘rinbosari Normo'min Allanazarov hamda tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari, mahalla aholisi va yoshlar ishtirokida bo‘ldi.

Qabul davomida bir qator muammolar aytib o’tildi. Bir oylik harbiy xizmat pulini to’lab berish, imtiyozli kredit olish, davolanish uchun moddiy yordam, ichimlik suvi, ichki yo’llarni ta’mirlash va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.

Mazkur uchrashuvda bir qator yoshlar murojaatlari shu joyning o’zida ijobiy hal etildi. Muddat talab qiladigan murojaatlar nazoratga olinib, ijrosi bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
37 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси