Qumqo‘rg‘on tumani 3-sektor hududida tashkil etilayotgan yashil makon bog'iga loyiha doirasida daraxt va buta ko‘chatlari ekish mavsumiga start berildi. Shu munosabat bilan tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi podpolkovnik M.SH.Amanturayev va IIB xodimlari bilan birgalikda 500 tupdan ziyod mevali-manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Yashil makon loyihasiga hissa qo‘shish vatanparvarlik, elparvarlik va donishmandlik namunasi. Yurt ravnaqi, mamlakat taraqqiyoti, xalq farovonligi, avlodlar saodati yo‘lidagi ezgu ish. Unda faol ishtirok etish o‘zini oqil va fozil hisoblagan har bir insonning dolzarb vazifasi hisoblanadi.
© Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi veb-saytlari 2024