Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi
Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi.
Ochiq ma'lumotlar / 2024-12-03

“3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” Respublikamizning barcha hududlarida keng nishonlanmoqda. Bu esa hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan kuchli va manzilli ijtimoiy himoya siyosatining yaqqol isbotidir.

Qumqo‘rg‘on tumanida ham nogironligi bo‘lgan shaxslarning manfaatlarini himoya qilish, ularni jamiyatimizning to‘laqonli a’zosi ekanliklarini ko‘rsatish maqsadida turli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bugun ushbu sana munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Tadbirga mehnat faxriylari, baynalminal jangchilar hamda imkoniyati cheklangan insonlar tashrif buyurdilar.

Xalqimizga xos insoniylik, saxovatpeshalik va bag‘rikenglik namunasi bo‘lgan ushbu uchrashuvda ishtirokchilar bir piyola choy ustida suhbatlashdilar.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
37 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси