O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligini keng nishonlash maqsadida Qumqо‘rg‘on tumanida qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Navbatdagi tadbir Qumqо‘rg‘on tuman hokimligi faollar zalida bo‘lib o‘tdi. Unda 16 yoshga tо‘lgan munosabati bilan yoshlarga Viloyat IIB о‘rinbosari SH.Shodiyev hamda tuman IIB о‘rinbosari X.Pardayev, tuman IIB bo‘limi Fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi xodimlari tomonidan fuqarolik ID-kartalari tantanali ravishda topshirildi.
Mazkur tadbir yoshlar uchun esda qolarli bo‘lib, ularga Konstitutsiyaning ahamiyati hamda fuqarolik burchlari haqida tushunchalar berildi. Tuman bo‘ylab Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tadbirlari davom etmoqda.
© Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi veb-saytlari 2024