Hurmatli tadbirkorlar faoliyatingiz va xizmatlaringizni reklama qilishda O‘zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"gi, "Reklama to‘g‘risida"gi Qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-avgustdagi 428-sonli qaroriga asosan, reklamalar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Reklamalar joylashtrishda quyidagilarga amal qilishingiz so‘raladi: birinchi navbatda davlat tilida yozilishi, imloviy xatolarsiz, ma’naviyatimizga zid bo‘lgan reklamalar hamda 1 kvadratdan oshgan reklamalar uchun tegishli pasportlar (my.gov.uz yoki Davlat xizmatlari markazi orqali) olishingz lozim bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"gi, "Reklama to‘g‘risida"gi Qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 30 avgustdagi 428-sonli qaroriga asosan, reklamalar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
-1 kvadratdan oshgan reklamalar uchun reklama joyining pasporti rasmiylashtirilishi,
- o‘rnatilgan reklamalar shaharsozlik normalariga mos bo‘lishi,
- davlat tilida va imloviy xatolarsiz tarqatilishi, uning muqobil varianti yoki tarjimasi gorizontal holatda va umumiy reklama maydonining 40 foizidan oshmasligi,
- yo‘l bo‘yiga, ko‘p qavatli binolarga, daraxt va simyog‘ochlarga reklamalar joylashtirilmasligi kerak.
Hurmatli tadbirkorlar!
Moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash reklamaga oid faoliyat subyektlari bo‘lgan yuridik shaxslarni vakolatli davlat organining qarorini yoki ko‘rsatmasini bajarish yohud reklama to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa harakatlarni bajarish majburiyatidan ozod etmaydi. Bundan tashqari, yuqorida keltirib o‘tilgan qonun talablariga rioya etilmasa MJTK ning 178¹-moddasi bo‘yicha ma’muriy javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
© Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi veb-saytlari 2025