Yurtimizda har yili 25-may sanasida umumta’lim maktablarida "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlari bo‘lib o‘tadi.
Bugun ushbu munosabat bilan Qumqo’rg’on tuman 33-sonli umumta’lim maktabida ham bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi. Unda o‘quvchilar, pedagoglar, ota-onalar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Tadbir avvalida tuman hokimi Anvar Normamatov so'zga chiqib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimiz maktablarining bitiruvchi yoshlariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.
Shundan so‘ng, o‘quv yili sarhisob qilindi, bilimlar bellashuvi, sport musobaqalari, turli tanlovlarda va maktab hayotida faol ishtirok etgan iqtidorli o‘quvchilar hamda fidoyi o‘qituvchilar taqdirlandilar.
Ma’lumot o‘rnida, Qumqo’rg’on tumanida 2022-2023-o‘quv yilida 11-sinfni 3255 nafar o‘quvchilar bitirib, yangi hayotga qadam tashlaydilar.
© Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi veb-saytlari 2025