Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning tegishli buyrug‘i bilan viloyatning barcha hududlarida mahalliy hokimliklar tomonidan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda hududiy FVDqT xizmatlari hamkorligida o‘tkazilayotgan ichki yo‘llarni toshlash va ta’mirlashga qaratilgan maxsus-taktik o‘quv mashqlari davom etmoqda.
Hududlardagi og‘ir toifadagi mahallalarning tuproq yo‘llarini toshlash, ta’mirlash, hududlarni obodonlashtirish tadbirlariga FVDqT xizmatlarining barcha quyi tizimlari jalb qilingan.
Qumqo‘rg‘on tuman hokimligi va FVDqT xizmatlarining barcha quyi tizimlari jalb qilgan holda tumanda maxsus o‘quv taktik mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti davomida tumanning “Tayfang” mahallasidagi ichki ko‘chalarning 3 km 950 metrdan ortiq qismida toshlash ishlari amalga oshirildi.
© Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi veb-saytlari 2025