Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi
Qumqo‘rg‘on tumanida O’smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo’yicha tadbir bo’lib o’tdi

Vatanga mehr-muhabbat, sadoqat, yurt tinchligini saqlash har doimgi muqaddas vazifamiz. Bu ulug‘vor vazifani bajarishda to‘plangan boy tajribalar, ularni yosh avlodga o‘rgatishdagi ezgu ishlarimiz bizga kuch-quvvat, g‘ayrat-shijoat bag‘ishlaydi.

Qumqo’rg’on tumani “Alpomish” sport o’yingohida yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va davlat xizmati uchun kadrlar zahirasini tayyorlashga bag’ishlangan tadbir o’tkazildi.

Unda tumandagi qizil toifaga kiritilgan yoshlar, maktab o’quvchilari va harbiylar ishtirok etdi. Tadbir davomida Janubiy operativ qo’mondonligining harbiy orkestr jamoasi, Kakayti qo’rg’onidagi 54831 harbiy qismining qo’l jangi bo’yicha qatnashuvchi guruhi, Hayrobot qo’rg’onidagi 36691 harbiy qismining bayroqdor va faxriy qorovul guruhi va milliy gvardiya ishtirokida yoshlarga qurol-aslaha, texnikalar hamda jangovor saxna ko’rinishlari nomoyish etildi.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
1 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси