Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi
“Yangi O’zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida yoshlar festivali

Qumqo’rg’on tumani “Yangiyer” mahallasida “Yangi O’zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida yoshlar festivali bo’lib o’tdi.

Unda tuman hokimi Anvar Normamatov, sektor rahbarlari, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo’limi, Kakaydi qo’rg’onidagi 9222-harbiy qismi, tuman mudofa bo’limi, sariq va qizil toifadagi hamda bitiruvchi yoshlar ishtirok etdi.

Yoshlar festivalida tuman hokimi so’zga chiqib yurtboshimiz tomonidan yoshlarga keng imkoniyatlar yaratib berilayotgani e’tirof etdi va fan olimpiyadasida faxrli o’rinlarni egalagan, muddatidan ilgari o’qishga kirgan o’quvchi yoshlarga faxriy yorliq hamda estalik sovg’alarini topshirdi.

Tadbir davomida tuman madaniyat bo’limi tomonidan turli xildagi chiqishlar, kuy qo’shiqlar kuylandi va yoshlarga ko’tarinki kayfiyat ulashildi.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
1 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси