Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi
Yoshlarga e’tibor—kelajakka e’tibor

Qumqo’rg’on tumani Alpomish sport o’yingohida bo’lib o’tgan Davlat xavsizlik xizmati raisi kubogi o’z yakuniga yetdi.

Sportning fudbol, mini fudbol va qizlar o’rtasida mini fudbol musobaqasida tuman bosqichiga chiqqan mahalla yoshlari o’zora kuch sinashdi.
Dastlab qizlar o’rtasida mini fudbol musobaqasining final bosqichi uchun “To’g’on” va “Bobotog’” mahallalari kuch sinashishdi. Uchrashuvda “To’g’on” mahallasi jamoasining qo’li baland keldi.
Mini fudbol musobaqasi finali uchun “Yangiyer” va “G’alaba” mahalla yoshlari ham o’zaro kuch sinashishdi. Ushbu baxsda “G’alaba” mahalla yoshlari g’olib bo’lishdi.
Musobaqaning so’ngi uchrashuvida “Sherozi” va “O’zbekiston besh” yilligi mahalla jamoalari to’qnash kelishdi. Shiddatli o’tgan uchrashuvda “Sherozi” mahalla jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritdi.

Musobaqa yakunida poytaxtdan tashrif buyurgan estradamizning yorqin yulduzlaridan Gulinur va Dilafro’z Xayitmetova ishtirokida yoshlar uchun konsert dasturlari tashkil etildi. Mehmon san’atkorlar o’zlarining kuy qo’shiqlari bilan tumanimiz yoshlariga kayfiyat baxshida etdi.

Tadbir so’ngida Musobaqaning final bosqichida g’oliblikni qo’lga kiritgan jamoa yoshlariga tuman hokimi va Davlat xavsizlik xizmati Qumqo’rg’on tumani bo’limi rahbari tomonidan qimmatbaho estalik sovg’alari topshirildi.

Birinchi o’rinni egallagan jamoa ishtirokchilarining har biriga oltin medal, sport formalari va televizor sovg’alari topshirildi.
Ikkinchi va uchunchi o’rinni egallagan jamoa ishtirokchilari kumush va bronza medallari, sport formalari hamda telefon apparatlari bilan taqdirlandi.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
2 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси