Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi
PREZIDENT TAShABBUSLARI QUMQO‘RG‘ONDA QULOCh YoZMOQDA

Milliy qadriyatlar — millat yuzi, qalb shuuridir. Vohamiz qadriyatlar beshigi sanaladi.  Muxtaram  Prezidentimiz  Shavkat Mirziyoev Surxandaryoga tashrifi chog‘ida  qorabayirchilik, do‘mbira, do‘ppi kabi milliy qadriyatlarimizni rivojlantirish borasida alohida ta’kidlab o‘tgan edilar.

Qumqo‘rg‘on tumani 2-sektor hududi 39-umumta’lim maktabida “ Milliy qadriyatlarimiz farzandlarimiz qalbida e’zozda” shiori ostida katta ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda tumandagi 82 ta umumta’lim maktabi  jamoasi tomonidan milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizni o‘zida mujassam etgan ko‘rgazmali burchaklar tashkil etilib, tashabbus doirasida milliy kiyimda do‘ppi kiygan o‘g‘il-qizlar tomonidan do‘mbira sadolari ostida turli chiqishlar  namoyishi bo‘lib o‘tdi.  Yuqori saviyada o‘tkazilgan tadbirda tuman hokimi R.Gapparov va  sektor rahbarlari qatnashdilar.

5 izoh

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
6 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси