Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi
PREZIDENT TAShABBUSI AMALDA: IShSIZ AHOLI  BANDLIGI TA’MINLANMOQDA

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev raisligida joriy yilning 8 iyun kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “Endi katta tizimga o‘tyapmiz. Yerni haqiqiy egasiga – xalqqa beramiz” deya ta’kidlanib o‘tgan edilar. Mazkur yig‘ilishda g‘alladan bo‘shagan yer maydonlari ehtiyojmand, real daromad manbaiga ega bo‘lmagan va ishsiz aholiga dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun ijaraga berish tashabbusi ilgari surilgan edi.

Ushbu ezgu tashabbasga doirasida  Qumqo‘rg‘on tumanida ham aholi bandligini ta’minlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida takroriy ekin uchun yer ajratish ishlari qizig‘in tarzda olib borilmoqda.

Tumaning 1-sektor hududi, “Aziza, Asal, Jasmina”fermer xo‘jaligi dalasida bo‘lib o‘tgan seminarda ayni maqsadlar o‘z amaliy ifodasini topdi.Seminarda tuman hokimi R.Gapparov boshchiligida sektor rahbarlari, fermerlar, dehqonchilik bilan shug‘ullanishni istovchi "Ayollar va Yoshlar"daftariga kiritilgan,  ishsiz fuqarolar ishtirok etdi.

Mazkur fermer xo‘jaligining 50 gektar g‘alladan bo‘shagan yer maydonlaridan “Ayollar va yoshlar daftarlari” va “Temir daftar”da ro‘yxatga olingan, ishsiz hisoblangan 112  nafar fuqaroga 20 sotixdan ajratib berildi.

2 izoh

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
3 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси