Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi
“Muruvvat” uyida 1-iyun-Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bayram tadbir tashkil etildi.

Qumqo'rg'on tumanida nogironligi bo'lgan bolalar uchun “Muruvvat” internat uyida vasiylikka olingan bolajonlar va tarbiyachilar ishtirokida 1-iyun-Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bayram tadbir o'tkazildi.

Tadbirda Qumqo'rg'on tuman hokimi R.Gapparov va sektor rahbarlari ishtirok etishdi. 1-iyun-Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tuman hokimi R.Gapparov bolajonlarni bayram bilan tabrikladi.

Tuman hokimi va sektor rahbarlari tomonidan bolajonlar turli-xil sovg’alar ulashdilar.

Shundan so’ng sho‘x kuy-qushiqlarga bolajonlar mazza qilib raqsga tushdilar.

Tadbir so'ngida vasiylikka olinganlar uchun bayram dasturxoni yozildi.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
2 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси