Qumqo`rg`on tumani hokimligi
QUMQO’RG’ON TUMANIDA 25 NAFAR BOLALARNING SUNNAT TO‘YI O‘TKAZIB BERILDI

“Yangi Ozbekiston-inson qadri va manfaatlari ulug’langan yurt” shiori ostida Qumqo’rg’on tumanida, tumanning markazida joylashgan BARAKA savdo majmuasida kam ta’minlangan ehtiyojmand oilalarning 25 nafar farzandlarini sunnat to‘ylari o‘tkazib berildi.
Tadbirda tuman hokimi A.Normamtov so’zga chiqib inson manfaatlari amalda qadr topgan mamlakatimizda savobli va xayrli ishlar yanada ko‘payib borayotganini ta'kidlab, to‘y bolalarga Vatan koriga yaraydigan kamarbasta insonlar bo‘lishlarini tilashdi.
Bir necha kunlardan buyon Ma’naviyat festivali doirasida tumanimizga Respublikadan tashrif buyurgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, aktyor Mexmonali Salimov to’y bolalarni tabriklash uchun tashrif buyurdi.
To‘ybolalarning har biriga tuman hokimi hamda hamda Surxon Sanoat Qurilish Kompaniyasi tomonidan velosipedlar topshirildi.
Viloyatdan tashrif buyurgan san’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar, davraga bayramona fayz va shukuh bag‘ishladi.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
6 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси