Қумқўрғон тумани ҳокимлиги
Халқ депутатлари Қумқўрғон тумани Кенгашининг 6- чақириқ 37- сессияси

KUN TARTIBI

 

 

  1. Qumqoʻrgʻon tumani “Toza hudud” davlat unitar korxonasi filiali rahbari T.Oʻrozovning “Tumandagi “Toza hudud” davlat unitar korxonasi tomonidan aholiga xizmat koʻrsatish sohasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida”gi hisoboti haqida.
  2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6108-sonli Farmoniga asosan Qumqoʻrgʻon tumanidagi umumtaʼlim maktablarida “vakant” boʻlgan direktor lavozimiga nomzod tavsiya etish toʻgʻrisida.
  3. Qumqo'rg'on tumani mahalliy Budjetining qo'shimcha manbalari hisobidan mablag' ajratish to'g'risida
  4. Boshqa masalalar

Xalq deputatlari tuman Kengashining

oʻttiz yettinchi sessiyasi

ISh REGLAMENTI

 

  1. Maʼruzalar uchun -        15 daqiqagacha
  2. Soʻzga chiquvchilar uchun -        3 daqiqagacha
  3. Maʼlumotlar uchun -        3 daqiqagacha

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1-masala LOYIXA

O‘zbekiston Respublikasi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati

Qumqo‘rg‘on tumani Kengashi

QARORI

 

O٬zbekiston Respublikasi

Xalq deputatlari

Surxondaryo viloyati

Qumqo‘rg‘on tumani Kengashi

QARORI

20__  yil “____”  _______         №  _______                             Qumqo‘rg‘on t.

 

Qumqoʻrgʻon tumani “Toza hudud” davlat unitar korxonasi filiali rahbari T.Oʻrozovning “Tumandagi “Toza hudud” davlat  unitar korxonasi tomonidan aholiga xizmat koʻrsatish sohasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida”gi hisoboti haqida

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-noyabrdagi “Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun toʻlovlarni toʻlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5580-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida tuman hududini sanitar tozalash boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish, maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqishning samarali mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, tuman “Toza hudud” davlat unitar korxonasi filiali rahbari T.Oʻrozovning “Tumandagi “Toza hudud” davlat  unitar korxonasi tomonidan aholiga xizmat koʻrsatish sohasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida”gi hisobotini inobatga olib, xalq deputatlari Qumqoʻrgʻon tuman Kengashi qaror qiladi:

 

  1. Qumqoʻrgʻon tumani “Toza hudud” davlat unitar korxonasi filiali rahbari T.Oʻrozovning “Tumandagi “Toza hudud” davlat unitar korxonasi tomonidan aholiga xizmat koʻrsatish sohasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida”gi hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
  2. Qumqoʻrgʻon tumani “Toza hudud” davlat unitar korxonasi filiali rahbari T.Oʻrozovga qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan toʻlov isteʼmolchilar va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar oʻrtasida tuziladigan shartnomalarga muvofiq bevosita xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarga oldindan toʻlash asosida amalga oshirib borish vazifasi yuklatilsin.
  3. Tuman hokimi oʻrinbosari - Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi B.Jumaevga mahalla fuqarolar yigʻini raislari bilan birgalikda “Toza hudud” davlat unitar korxonasi filiali tomonidan mahalla fuqarolar yigʻinlari oʻrtasida ommaviy shartnomalar tuzilishi toʻgʻrisida ogohlantirishi, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun toʻlovlarning oʻz vaqtida toʻlab borilishini targʻib qilish vazifasi yuklatilsin.
  4. Tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi (B.Ismatov)ga ijtimoiy soha obektlaridagi va mahalla fuqarolar yigʻinlarining aholi xonadonlaridagi maishiy va qurilish chiqindilarini belgilanmagan joylarga toʻkish, tashlab ketish boʻyicha choralar koʻrish vazifalari yuklatilsin.
  5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Sanoat, transport, qurilish, aloqa, kommunal xoʻjalik hamda aholiga xizmatlar koʻrsatish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi A.Abduraxmonov va tuman hokimining oʻrinbosari J.Shopoʻlatov zimmasiga yuklatilsin.

 

Kengash raisi                                                             R.Gapparov

 

  2-masala LOYIXA

O‘zbekiston Respublikasi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati

Qumqo‘rg‘on tumani Kengashi

QARORI

 

O٬zbekiston Respublikasi

Xalq deputatlari

Surxondaryo viloyati

Qumqo‘rg‘on tumani Kengashi

QARORI

20__  yil “____”  _______         №  _______                             Qumqo‘rg‘on t.

 

Qumqo'rg'on tumani mahalliy Budjetining qo'shimcha manbalari hisobidan mablag' ajratish to'g'risida

 

O'zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 126-moddasiga muvofiq tuman mahalliy byudejetining qo'shimcha manbalaridan foydalanish bo'yicha xalq deputatlari Qumqo'rg'on tumani Kengashi

QAROR QILADI:

 

  1. O'zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 126-moddasiga muvofiq mahalliy Budjetlarning qo'shimcha manbalaridan foydalanish tartibi belgilab qo'yilganligi ma'lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
  2. Tuman hokimligi hamda mutasaddi tashkilotlarning tuman mahalliy Budjetining qo'shimcha manbalari hisobidan mablag' ajratish yuzasidan kiritgan takliflari ma'lumot uchun qabul qilinsin.
  3. Tuman mahalliy Budjetining qo'shimcha manbalari quyidagilardan tashkil topadi:

Tuman mahalliy Budjetining har yil boshida aniqlanadigan erkin qoldiq mablag'laridan;

Tuman mahalliy Budjeti daromadlarining birinchi - uchinchi hisobot choraklari yakunlari bo'yicha aniqlanadigan daromadlarni prognozdan oshirib bajarilishidan;

davlat aktivlarini xususiylashtirishdan tuman mahalliy Budjetiga tushgan mablag'lardan;

davlat daromadiga o'tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tuman mahalliy Budjetiga tushgan tushumlardan;

O'zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining 120-moddasi to'rtinchi qismiga muvofiq tuman mahalliy Budjetidan ajratiladigan mablag'lar kamaytirilishi natijasida bo'shab qolgan mablag'lardan.

  1. Davlat daromadiga o'tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tuman mahalliy Budjetiga tushgan tushumlar hisobidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga – tumandagi mahallalarda ododonlashtirish ishlarini tashkil etishda talab etiladigan yoqilg‘i moylash materiallarini xarid qilish uchun 51 228,0 ming.so'm mablag‘ ajratilsin.
  2. Tuman mahalliy Budjetining qo'shimcha manbalaridan mablag' oluvchilarning rahbarlari ajratilgan mablag'lardan maqsadli va samarali foydalanilishi, shuningdek ushbu mablag'larni ajratilishi uchun taqdim etiladigan barcha hujjatlarning haqqoniyligiga shaxsan javobgar ekanligi belgilansin.
  3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Xalq deputatlari Qumqo'rg'on tumani Kengashining mahalliy Budjetni shakllantirish va uni ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo'yicha doimiy komissiyasi raisi S.Turaqulov zimmasiga yuklatilsin.

 

Kengash raisi:                                                              R.B.Gapparov

                                                                           

 

3-masala LOYIXA

 

O‘zbekiston Respublikasi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati

Qumqo‘rg‘on tumani Kengashi

QARORI

 

O٬zbekiston Respublikasi

Xalq deputatlari

Surxondaryo viloyati

Qumqo‘rg‘on tumani Kengashi

QARORI

20__  yil “____”  _______         №  _______                             Qumqo‘rg‘on t.

 

Qumqoʻrgʻon tumanidagi kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni karantin davrida ijtimoiy himoya qilish boʻyicha olib borilayotgan ishlar hamda “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasiga tushgan mablagʻlarni sarflash toʻgʻrisida

 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020-yil 22-apreldagi
213-F-sonli hamda viloyat hokimining 2020-yil 23-apreldagi 83-F-sonli farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 250-sonli qarori ijrosini taʼminlash hamda Qumqoʻrgʻon tuman hokimining maslahatchisi - mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining 1-oʻrinbosari S.Valievaning axborotini tinglab, Xalq deputatlari Qumqoʻrgʻon tuman Kengashi qaror qiladi:

      

  1. Qumqoʻrgʻon tuman hokimining maslahatchisi - mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining 1-oʻrinbosari S.Valievaning axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
  2. “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qumqoʻrgʻon tuman boʻlinmasi raisi (B.Mengliboev)ga “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qumqoʻrgʻon tuman boʻlinmasi huzurida tashkil etilgan “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasiga kelib tushgan mablagʻlar hisobidan koʻrsatilgan miqdordagi pul mablagʻlari, yaʼni:

- tumandagi 1-sektor hududidagi “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro Saparova Aysifat Fayzullaevna qizining oʻqishi uchun shartnoma toʻlovi uchun 4 400 000 soʻm (toʻrt million toʻrt yuz ming) soʻm;

- tumandagi 1-sektor hududidagi “Qarsoqli” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro Namozova Gavxarning oilaviy sharoitini yaxshilash uchun
6 500 000 soʻm (olti million besh yuz ming) soʻm;

- tumandagi 1-sektor hududidagi “Qarsoqli” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro Gʻanieva Jangilning uy-joyini taʼmirlash uchun 5 500 000 soʻm (besh million besh yuz ming) soʻm;

- tumandagi 3-sektor hududidagi “Yangi shahar” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro Qurbonova Aytoshning oilaviy sharoitini yaxshilash uchun
500 000 soʻm (besh yuz ming) soʻm;

- tumandagi 4-sektor hududidagi “Mehrobod” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro Toshboeva Xolidaning oilaviy sharoitini yaxshilash uchun
1 500 000 soʻm (bir million besh yuz ming) soʻm;

- tumandagi 4-sektor hududidagi “Gultepa ” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro Xoltoʻraeva Shoiraning oilaviy sharoitini yaxshilash uchun 1 000 000 soʻm (bir million) soʻm;

- tumandagi 1-sektor hududidagi “Qorsoqli” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro Artiqov Azimning davolanishi uchun 7 000 000 soʻm (yetti million) soʻm;

- tumandagi 2-sektor hududidagi “Xoʻjaqishloq” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro Toʻraeva Raʼnoning oilaviy sharoitini yaxshilash uchun
2 000 000 soʻm (ikki million) soʻm;

- tumandagi 4-sektor hududidagi “Navbaxora” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro Begimqulova Gulxayoning oilaviy sharoitini yaxshilash uchun
4 000 000 soʻm (toʻrt million) soʻm;

Jami: 32 400 000 (oʻttiz ikki million toʻrt yuz ming) soʻm mablagʻ Xalq bank Qumqoʻrgʻon tumani filialidagi kam taʼminlangan oilalar uchun  23120000500000754001 omonat hisob  raqamiga oʻtkazib  berilganligi inobatga olinsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati uchun  Moliya Vazirligi Gʻaznachiligining 23402000300100001010 ShHR 400110860262667049990158001 hisob raqamiga 2 500 000 (ikki million besh yuz ming) soʻm oʻtkazib berilganligi;

-tumandagi “Bogʻaro” mahallasi aholisi ichimilik suvi nasosi olish  maqsadida  “Surxon Sarbon” MChJning Trast bankdagi maxsus hisob raqamiga 
24 000 000 (yigirma toʻrt million) soʻm oʻtkazib berilganligi;

- tumandagi “Qumqoʻrgʻon 1977” futbol jamoasini qoʻllab-quvvatlash uchun
10 000 000 (oʻn mlion) soʻm pul mabblagʻini ATB Agro bankdagi maxsus 20208000205376928001 hisob raqamiga oʻtkazib beririlganligi;

   -tumandagi “Neftchilar” mahallasi 2 kichchik dahasida joylashgan koʻp qavatli uylarda yashab kelayotgakn aholining ichimilik suvi taʼminotini yaxshilash maqsadida “Sabram Nur Kelajagi” MChJning Xalq bankdagi maxsus 20208000300879035001 hisob raqamiga  10 000 000 (oʻn million) soʻm oʻtkazib berilganligi;

- tuman hokimligining “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan nogironlar uchun ajratilgan uy-joylarning qarzdorligi toʻlovi toʻlash uchun Mirzaeva Barno  Chorievnaga 2 085 000 soʻm, Roziqova Nurxiya Loikovnaga 8 470 000 soʻm, Jabbarova Masuturaga 4720 000 soʻm, Ibragimova Oyjaxon Tajievna 5 440 000 soʻm, Alimov Ismoil Umarovichga 11 075 000 soʻm, Juraev Dilmurod Sheralievichga
12 270 000 soʻm, Kuchkeldiev Azamat Suyunovichga 8 860 000 soʻm, Kuchkeldieva Rayxon Panjievnaga 8 820 000 soʻm, Sultonov Zavkiddin Mamayusupovichga
12 340 000 soʻm, Ibragimova Oyjaxon Tajievnaga 3 407 003 soʻm, Xolmatov Baxrom Xudoyberdievichga 8 820 000 soʻm, Almuratov Baxriddin Juraevichga
12 110 000 soʻm, Mirboboev Ibroxim Abibakirovichga 7 835 000 soʻm, Normurodova Xosiyat Normamatovnaga 15 200 000 soʻm, Raxmonov Nurbek Shavkatovichga
6 855 000 soʻm, Xonimov Mamatmumin Soatovichga 11 110 000 soʻm, Xujamkulov Zafar Safarovichga 8 570 000 soʻm, Xotamova Lolaga 5 490 000 soʻm

Jami: 153 477 003.0 (bir yuz ellik uch million toʻrt yuz yetmish yetti ming uch) soʻm qarzdorlik mablagʻi Qishloq qurilish bank Qumqoʻrgʻon filialining 29 801 000 800 001 010 333 hisob raqamiga oʻtkazib berilganligi;

- tuman hokimligining “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan nogironlar uchun ajratilgan uy-joylarning qarzdorligi toʻlovi uchun Raxmanov Ikroombekga
2 562 853 soʻm, Axmedov Qodirga 14 675 146 soʻm;

Jami: 17 237 997 (oʻn etti million ikki yuz oʻttiz etti ming toʻqqiz yuz toʻqson etti) soʻm qarzdorlik mablagʻi Qishloq qurilish bank Qumqoʻrgʻon filialining 29 801 000 400 000 914 335 hisob raqamiga oʻtkazib berilsin.

  1. Tuman xokimining maslahatchisi - Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining 1-oʻrinbosari S.Valieva va “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qumqoʻrgʻon tuman boʻlinmasi raisi (B.Mengliboev) oʻtkaziladigan pul mablagʻlarining maqsadli va samarali sarflanishini nazorat qilsin hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Xalq deputatlari Qumqoʻrgʻon tuman Kengashining doimiy komissiyalari yigʻilishida hisobot berib borsinlar.
  2. Mazkur qaror ijrosining nazorati xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, turizm, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (S.Toʻraqulov) zimmasiga yuklatilsin.

 

Kengash raisi:                                                              R.Gapparov

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

  4-masala LOYIXA

 

O‘zbekiston Respublikasi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati

Qumqo‘rg‘on tumani Kengashi

QARORI

 

O٬zbekiston Respublikasi

Xalq deputatlari

Surxondaryo viloyati

Qumqo‘rg‘on tumani Kengashi

QARORI

20__  yil “____”  _______         №  _______                             Qumqo‘rg‘on t.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6108-sonli Farmoniga asosan Qumqoʻrgʻon tumanidagi umumtaʼlim maktablarida “vakant” boʻlgan direktor lavozimiga nomzod tavsiya etish toʻgʻrisida.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6108-sonli Farmoniga asosan tumandagi 15, 16, 49-sonli umumtaʼlim maktablari direktorligiga nomzodlarning umumtaʼlim muassasasi koʻrsatkichlarini kelgusi 3 yilda yuqori darajaga olib chiqish boʻyicha dasturlarini tinglab, xalq deputatlari Qumqoʻrgʻon tumani Kengashi

 

Q A R O R   Q I L A D I:

 

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6108-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash yuzasidan tumandagi umumtaʼlim maktablari direktor lavozimiga nomzodlarni tavsiya etilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
  2. Qumqoʻrgʻon tumanidagi umumtaʼlim maktablarida boʻsh “vakant” boʻlgan 15-sonli umumtaʼlim maktabi direktori lavozimiga tavsiya etilgan nomzod Turaev Akbarali Muminovichning umumtaʼlim muassasasini koʻrsatkichlarini kelgusi 3 yilda yuqori darajaga olib chiqish boʻyicha dasturlari munosib deb topilsin hamda maktab direktori lavozimiga tanlab olinganligi inobatga olinsin.
  3. Tumandagi 16-sonli, 49-sonli umumtaʼlim maktabi direktorligiga nomzodlarning umumtaʼlim muassasasini koʻrsatkichlarini kelgusi 3 yilda yuqori darajaga olib chiqish boʻyicha dasturlarning barchasi hozirgi kun talabiga javob bermasligini hamda nomzodlarning bilim darajasi munosib emasligini inobatga olib keyingi sessiyalarda ushbu maktablarga yangi nomzodlarni dasturlarini tinglanishi taʼkidlab oʻtilsin.
  4. Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati Q.Chorshanbievga Xalq deputatlari Qumqoʻrgʻon tuman Kengashining mazkur qarori maʼlumot va ijro uchun Surxondaryo viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasiga yuborilishini taʼminlasin.
  5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.

 

 

Kengash raisi:                                                              R.Gapparov

 

 

  5-masala LOYIXA

 

O‘zbekiston Respublikasi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati

Qumqo‘rg‘on tumani Kengashi

QARORI

 

O٬zbekiston Respublikasi

Xalq deputatlari

Surxondaryo viloyati

Qumqo‘rg‘on tumani Kengashi

QARORI

20__  yil “____”  _______         №  _______                             Qumqo‘rg‘on t.

 

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanish, hududlarni ixtisoslashtirish, boʻsh turgan, zaxiradagi va kelgusida zaxiraga olinadigan yer maydonlarini qishloq xoʻjaligi korxonasi yoki dehqon xoʻjaligi tashkil etish uchun ochiq elektron tanlovga chiqarish boʻyicha tayyorlangan loyihalarni koʻrib chiqish va tasdiqlash toʻgʻrisida

 

Soʻnggi yillarda qishloq xoʻjaligini isloh qilish va sohaga bozor mexanizmlarini joriy etish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, paxta va gʻalladan qisqartirilayotgan yer maydonlarida bogʻdorchilik, uzumchilik, poliz va sabzavotchilik, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish sohasida eksportbop qishloq xoʻjaligi ekinlari ekishni koʻpaytirish, shuningdek, aholining keng qatlamlarini jalb qilish orqali ushbu yerlardan samarali foydalanish tizimini yaratish evaziga tarmoqda qoʻshimcha oʻsishga erishishga ilmiy asoslangan yondashuv va oʻrganishlarni inobatga olish taqozo etilmoqda.

Jumladan, hisob-kitoblarga koʻra 1 gektar maydonda yetishtirilgan paxta xomashyosiga nisbatan uzumdan 7 baravar, gilosdan 6 baravar, yongʻoqdan 5 baravar koʻp daromad olish hamda ushbu yerlardan oilaviy tadbirkorlik doirasida kichik intensiv bogʻdorchilik, uzumchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish va sabzavotchilik loyihalarini qoʻllabquvvatlash orqali “Temir daftar", “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da roʻyxatda turgan ehtiyojmand oilalarning daromadli mehnat bilan bandligini taʼminlashni boʻyicha katta imkoniyat mavjud.

Bugungi kunda aholining daromad topishga qaratilgan tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, aholiga agrar tarmoqda oʻz biznesini tashkil etishga koʻmaklashish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda dehqon xoʻjaliklarining ulushini oshirish va qishloq xoʻjaligini diversifikatsiyalash orqali oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash taqozo etmoqda.

 Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 24 va 242 -moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmonining 14-bandi, “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida dehqon xoʻjaliklarining ulushini oshirish choratadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 23-noyabrdagi PQ-20-son qarori qabul qilingan.

Ushbu qarorning ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-sonli “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativhuquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan.

Mazkur qaror bilan tasdiqlangan “Dehqon xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning maʼmuriy reglamenti”ga koʻra tumanda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanish, tuman hududlarini ixtisoslashtirish, boʻsh turgan, zaxiradagi va kelgusida zaxiraga olinadigan yer maydonlarini qishloq xoʻjaligi korxonasi yoki dehqon xoʻjaligi tashkil etish uchun ochiq elektron tanlovga chiqarish boʻyicha tayyorlangan loyihalarni koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasiga kiritilishi belgilangan.

Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiya muhokamasiga tumanda dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish boʻyicha tumandagi 41 ta yerdan foydalanuvchi subektlarning 86 ta konturida joylashgan jami 320 gektar yer maydonlari loyihalarini koʻrib chiqish uchun kiritilmoqda.

Kun tartibidagi masala yuzasidan yuqorida bayon etilganlarga asosan hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari Qumqoʻrgʻon tumani Kengashi

 

Q A R O R Q I L A D I:

 

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida dehqon xoʻjaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-20- sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 709-sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
  2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan tasdiqlangan “Dehqon xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning maʼmuriy reglamenti”ga koʻra tumanda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanish, tuman hududlarini ixtisoslashtirish, boʻsh turgan, zaxiradagi va kelgusida zaxiraga olinadigan yer maydonlarini dehqon xoʻjaligi tashkil etish uchun ochiq elektron tanlovga chiqarish yuzasidan tayyorlangan loyihalar boʻyicha takliflar maʼqullansin.
  3. Tumanda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanish, tuman hududlarini ixtisoslashtirish, boʻsh turgan, zaxiradagi va kelgusida zaxiraga olinadigan yer maydonlarini qishloq xoʻjaligi korxonasi yoki dehqon xoʻjaligi tashkil etish uchun ochiq elektron tanlovga chiqarish boʻyicha tayyorlangan loyihalarni koʻrib chiqish jadvali 1- ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  4. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Q.Almatov, tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi (Oʻ.Loqaev), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi kadastr agentligi Qumqoʻrgʻon tumani boʻlimi (X.Yuldoshev), Kadastrlar palatasi tuman filiali (A.Tojiev)ga:

 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-sonli “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorida berilgan topshiriqlar ijrosini oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash; mazkur qarorga muvofiq dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning maʼmuriy reglamentiga qaʼiy rioya qilish topshirilsin.

  1. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Q.Almatov, kadastrlar palatasi tuman filiali (A.Tojiev)ga tumanda dehqon xoʻjaligi tashkil etish istagida boʻlgan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” roʻyxatlarida turgan ehtiyojmand oilalarni ochiq elektron tanlovlarga faol ishtirok etishlarini taʼminlash maqsadida, ularda elektron axborot tizimi koʻnikmalarini shakllantirishda koʻmaklashish choralarini koʻrsin.
  2. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabrdagi PQ-20-sonli “Mevasabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida dehqon xoʻjaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-sonli “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorlarining mazmun mohiyati, ahamiyatini, bunda kutiladigan ijobiy natijalar toʻgʻrisida aholiga, ayniqsa “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftar”lari, roʻyxatda turgan ehtiyojmand oilalarga, ularning daromadli mehnat bilan bandligini taʼminlash boʻyicha katta imkoniyat mavjudligi xaqida tushuntirish va targʻibot ishlarini amalga oshirish tavsiya etilsin.
  3. Tuman hokimligi axborot xizmati N.Jumaeva, “Qumqoʻrgʻon sadosi” tuman gazetasi tahririyati (R.Mengziyaeva)ga tumanda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanish, tuman hududlarini ixtisoslashtirish, boʻsh turgan, zaxiradagi va kelgusida zaxiraga olinadigan yer maydonlarini qishloq xoʻjaligi korxonasi yoki dehqon xoʻjaligi tashkil etish uchun ochiq elektron tanlovga chiqarish boʻyicha tayyorlangan loyihalar boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni tuman mahalliy ommaviy axborot vositasi hamda ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borish tavsiya etilsin.
  4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha doimiy komissiyasi raisi A.Samadov hamda tuman hokimining oʻrinbosari Q.Almatovlar zimmasiga yuklatilsin.

 

Kengash raisi:                                                              R.Gapparov

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

  6-masala LOYIXA

 

O‘zbekiston Respublikasi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati

Qumqo‘rg‘on tumani Kengashi

QARORI

 

O٬zbekiston Respublikasi

Xalq deputatlari

Surxondaryo viloyati

Qumqo‘rg‘on tumani Kengashi

QARORI

20__  yil “____”  _______         №  _______                             Qumqo‘rg‘on t.

 

Qumqoʻrgʻon tumanida “Ayollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlarning bandligini taʼminlash maqsadida subsidiya asosida tikuv mashinkasi ajratish toʻgʻrisida.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi “Moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 250-sonli qaroriga asosan “Ayollar daftari”ga kiritilgan ishsiz yordamga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash taklif etildi.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan ishsiz xotin-qizlarning ehtiyojlaridan kelib chiqib, ulardan 31 nafarining bandligini taʼminlash maqsadida 30 dona tikuv mashinkasi va bir dona kompyuter berilishi maqsadga muvofiq deb topildi.

Xalq deputatlari Qumqoʻrgʻon tuman Kengashining ijtimoiy-madaniy rivojlanish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi yigʻilishida bildirilgan fikr-muloxazalar va takliflarni inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, Xalq deputatlari Qumqoʻrgʻon tuman Kengashi qaror qiladi:

 

1.“Ayollar daftari”ga kiritilgan ishsiz xotin-qizlarning bandligini taʼminlash yuzasidan Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari S.Valievaning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.

  1. Tuman hokimining oʻrinbosarlari (M.Qultaev, B.Djumaev), tuman hokimi maslahatchisi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari (S.Valieva), tuman Moliya boʻlimi boshligʻi (Sh.Poyanov) ayollarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va muammolarini hal etish boʻyicha sektorlar rahbarlari bilan birgalikda “Ayollar daftari”ga kiritilgan ishsiz xotin-qizlarga bir dona kompyuter va 30 dona tikuv mashinkasi berish uchun ehtiyojmand xotin-qizlar roʻyxatini shakllantirilganligi va maishiy texnikalar bilan taʼminlanganligi inobatga olinsin.
  2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

 

Kengash raisi:                                                              R.Gapparov

 

 

 

 

 

 

 

 

Qumqoʻrgʻon tumanida maishiy texnika ajratiladigan “Ayollar daftari”ga kiritilgan ishsiz ehtiyojmand  xotin-qizlar

RO‘YXATI

 

F.I.Sh

Tugʻilgan yili va sanasi

MFY nomi

Maishiy texnika nomi

1

Boʻrieva Manzura Qosimxonovna

07.09.1982

“Doʻstlik” mahallasi

Tikuv mashinkasi

2

Ergasheva Gulnoza Jovlievna

25.03.1990

“Doʻstlik” mahallasi

Tikuv mashinkasi

3

Bobomuratova Komila Roʻziboevna

06.08.1988

“Doʻstlik” mahallasi

Tikuv mashinkasi

4

Toshtemirova Barchin Shamshievna

22.12.1972

“Yangi shahar” mahallasi

Tikuv mashinkasi

5

Nodirova Gulshod Panjievna

23.04.1989

“Besh qaxramon” mahallasi

Tikuv mashinkasi

6

Ergashova Gulnora Qoraxonovna

18.07.1975

“Koʻganli” mahallasi

Tikuv mashinkasi

7

Almasova Dilbar Abdinazarovna

25.03.1987

“Mustaqillik” mahallasi

Tikuv mashinkasi

8

Qurbonova Dilbar Xollievna

28.04.1975

“Qarsoqli” mahallasi

Tikuv mashinkasi

9

Muxammedjonova Soxiba Shavkatovna

25.07.1990

“Jaloir” mahallasi

Tikuv mashinkasi

10

Davanova Qunduz Abdikarimovna

20.12.1973

“Xoʻjamulki” mahallasi

Tikuv mashinkasi

11

Allashukurova Muborak Ruzimurotovna

24.11.1988

“Yangi avlod” mahallasi

Tikuv mashinkasi

12

Qulaxmatova Dildora Almardanovna

02.03.1984

“Jiydali” mahallasi

Tikuv mashinkasi

13

Saidova Zubayda Tursunovna

27.05.1969

“Imomtepa” mahallasi

Tikuv mashinkasi

14

Toshmamatova Muxabbat Abdugapparovna

13.02.1982

“Ulugʻbek” mahallasi

Tikuv mashinkasi

15

Joʻraeva Oydin Abdimuratovna

31.03.1986

“Ulugʻbek” mahallasi

Tikuv mashinkasi

16

Burieva Dilafruz Djumaevna

01.10.1987

“Elobod” mahallasi

Tikuv mashinkasi

17

Shoymardanova Mavluda Salomatovna

26.02.1984

“Toʻgʻon” mahallasi

Tikuv mashinkasi

18

Qulqoraeva Gulzebo Tojievna

18.12.1990

“Toʻgʻon” mahallasi

Tikuv mashinkasi

19

Yusupova Jangil Xoltoʻraevna

24.06.1970

“Azlarsoy” mahallasi

Tikuv mashinkasi

20

Begimqulova Muxabbat Xollievna

19.11.1966

“Azlarsoy” mahallasi

Tikuv mashinkasi

21

Sarieva Dilorom Xidirovna

03.01.1976

“Azlarsoy” mahallasi

Tikuv mashinkasi

22

Nurmanova Xafiza Ziyadullaevna

09.05.1989

“Nurli diyor” mahallasi

Tikuv mashinkasi

23

Qarorova Shaxnoza Iskandarovna

28.03.1988

“Istiqlol” mahallasi

Tikuv mashinkasi

24

Salimova Mexriniso Absalomovna

31.01.1990

“Neftchilar” mahallasi

Tikuv mashinkasi

25

Chorshanbieva Dilafroʻz Yuldoshovna

03.08.1978

“Paxtaobod” mahallasi

Tikuv mashinkasi

26

Mustafaeva Chinnixol Abdikarimovna

03.06.1986

“Jarqishloq” mahallasi

Tikuv mashinkasi

27

Abdiraimova Nazira Ibragimovna

25.12.1976

“Chayontepa” mahallasi

Tikuv mashinkasi

28

Qobilova Nodira Soatmuminovna

14.05.1990

“Boʻston” mahallasi

Tikuv mashinkasi

29

Xoʻjamurodova Dilbar Eshdavlatovna

02.03.1981

“Joziba” mahallasi

Tikuv mashinkasi

30

Yoʻldosheva Ixlim Tojievna

10.05.1972

“Saxovat” mahallasi

Tikuv mashinkasi

31

Xidirova Raʼno Abduqayumovna

24.10.1984

“Xurriyat” mahallasi

kompyuter

                 

 

 

 

 

 

 

 

  7-masala LOYIXA

 

O‘zbekiston Respublikasi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati

Qumqo‘rg‘on tumani Kengashi

QARORI

 

O٬zbekiston Respublikasi

Xalq deputatlari

Surxondaryo viloyati

Qumqo‘rg‘on tumani Kengashi

QARORI

20__  yil “____”  _______         №  _______                             Qumqo‘rg‘on t.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2020-yil 24- sentyabr kunidagi PQ-4840-sonli qarori ijrosi hamda 2021-2022-yilgi kuz-qish mavsumida aholini gaz bilan taminlash boʻyicha “Qumqoʻrgʻontumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi tomonidan 2021-yilning oʻtgan davrida amalga oshirilgan ishlari toʻgʻrisida

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-sentyabrdagi “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4840-sonli qarori ijrosi hamda 2021-2022-yilgi kuz-qish mavsumida aholini gaz bilan taʼminlash boʻyicha “Qumqoʻrgʻontumangaz» gaz taʼminoti boʻlimi boshligʻi F.Xurramovning hisobotini inobotga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq Xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:

 

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2020-yil 24-sentyabr kunidagi PQ-4840-sonli qarori ijrosi hamda 2021-2022-yilgi kuz-qish mavsumida aholini gaz bilan taʼminlash boʻyicha “Qumqoʻrgʻontumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi tomonidan 2021-yilning oʻtgan davrida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
  2. “Qumqoʻrgʻontumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi (F.Xurramov)ga:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi  “Tabiiy gaz va elektr energiyasini sotish mexanizmini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6010-son, 2020-yil 24-sentyabrdagi “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4840-son qarorlari ijrosini taʼminlash, belgilangan vazifalarni oʻz muddatida amalga oshirish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish masʼuliyati yuklansin;

zamonaviy elektron xisoblagichlar (ASKUG) tumanda aholi xonadonlariga oʻrnatish ishlari 2022-yilning yanvar oyi yakuniga qadar yakunlanishi belgilab qoʻyilsin;

tuman aholisining tabiiy gazdan foydalanish yuzasidan vujudga kelgan qarzdorlik mablagʻlarini undirish choralari koʻrilsin.

  1. Aholi va ijtimoiy soha obektlari hamda kichik va oʻrta biznes subektlarini tabiiy gaz taʼminotini yaxshilash hamda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida 2021-yilda bajariladigan ishlar rejasi boʻyicha aniq manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilsin.
  2. Tuman hokimi oʻrinbosari (J.Shopoʻlatov), “Qumqoʻrgʻontumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi (F.Xurramov) tegishli tashkilotlar bilan birgalikda:

aholi oʻrtasida tabiiy boyligimiz boʻlgan gazdan oqilona va samarali foydalanish, gazni isrof boʻlish hollari aniqlanganda zudlik bilan gaz taʼminot korxonasiga xabar berish, kuz-qish mavsumida isitish moslamalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, is gazidan zaharlanishni oldini olish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlari olib borilsin;

hisoblagichlar oʻrnatilgan xonadonlarda ishlatilgan tabiiy gaz uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirish va yuzaga kelgan qarzdorliklarni undirish ishlari tizimli tashkil qilish;

hududda tizim imkoniyatlaridan samarali foydalanish, oʻrnatilgan hisoblagichlarga servis xizmatlarini koʻrsatish ishlari tashkil qilinsin;

tizim orqali aniqlangan xatolarni tezkorlik bilan joyiga chiqib, oʻrganish va bartaraf qilish ishlarini tizimli tashkillashtirishni;

aholiga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz yoʻqotishlarini bartaraf etish boʻyicha rejalashtirilgan natijadorlikni taʼminlash;

gaz tarmoqlarining himoya zonalarida gaz taʼminotini yaxshilash va takomillashtirish boʻyicha shahar infrastrukturasiga kiruvchi obektlar tashqari kapital qurilish obektlarini joylashtirish taqiqlanganligi koʻrsatib oʻtilsin;

aholi va ulgurji isteʼmolchilarda mavjud nostandart va maʼnaviy eskirgan gaz uskunalarini zamonaviy gaz uskunalari va yondirgichlarga almashtirish ishlarini ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish yoʻlga qoʻyilsin.

tabiiy gaz isteʼmolchilarini 2021-2022-yil kuz-qish mavsumida tabiiy gaz bilan bir meʼyorda taʼminlash maqsadida amalga oshiriladigan ishlar rejasi oʻz vaqtida sifatli bajarilishi taʼminlansin va qilingan ishlar toʻgʻrisida har oy Xalq deputatlari tuman Kengashiga maʼlumot taqdim etilsin.

  1. Tuman hokimligining matbuot xizmati (N.Jumaeva), “Qumqoʻrgʻon sadosi” gazetasi tahririyatiga (R.Mengziyaeva):

kuz-qish mavsumida isitish moslamalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, is gazidan zaharlanishni oldini olish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlari materiallarini mahalliy ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish tavsiya etilsin.

  1. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari shahar Kengashining Sanoat, transport, qurilish, kommunal xoʻjaligi masalalari va aholiga xizmat koʻrsatish boʻyicha doimiy komissiyasi (A.Abduraxmonov) zimmasiga yuklatilsin.
  2. Mazkur qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.

 

 

Kengash raisi:                                                              R.Gapparov

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

  8-masala LOYIXA

 

O‘zbekiston Respublikasi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati

Qumqo‘rg‘on tumani Kengashi

QARORI

 

O٬zbekiston Respublikasi

Xalq deputatlari

Surxondaryo viloyati

Qumqo‘rg‘on tumani Kengashi

QARORI

20__  yil “____”  _______         №  _______                             Qumqo‘rg‘on t.

 

 

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumani boʻlimi boshligʻi A.Jumaevning amalga oshirilgan ishlari toʻgʻrisida

                  

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi   PF-6155-son “2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmonining ijrosini taʼminlash maqsadida, Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumani boʻlimi boshligʻi A.Jumaevning 2021-yilda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotini inobatga olib, xalq deputatlari Qumqoʻrgʻon tuman Kengashi qaror qiladi:

 

  1. Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Qumqoʻrgʻon tumani boʻlimi boshligʻi A.Jumaevning 2021-yil amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
  2. Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimi (A.Jumaev) tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi (Z.Tursunov), Kadastr agentligi tuman boʻlimi (A.Tojiev) bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-avgustdagi “Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim yetish tartib-taomillarini avtomatlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4797-sonli qaroriga muvofiq “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimidagi yuzaga kelgan xatoliklarni bartaraf etish maqsadida oʻn kun muddatda tegishli tartibda hamkorlik qilish toʻgʻrisida hujjat imzolasin.
  3. Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimi (A.Jumaev), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash tuman boʻlimi (B.Djumaev) bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktyabrdagi 654-sonli qarori asosida kam taʼminlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali aniqlash hamda ularga “Ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ning mazmun-mohiyatini aholi oʻrtasidan targʻib qilish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqsin.
  4. Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimi (A.Jumaev), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash tuman boʻlimi boshligʻi (B.Djumaev)lar amalga oshirilgan ishlar boʻyicha har chorak yakunida xalq deputatlari tuman Kengashiga yozma ravishda axborot berib borish vazifalari yuklatilsin.
  5. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tumani Kengashining Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, turizm, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (S.Turaqulov) zimmasiga yuklansin.

 

 

Kengash raisi:                                                              R.Gapparov

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Изоҳ қолдириш

Рўйхатдан ўтиш
1 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
Сайт ҳақида фирингиз?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси