Қумқўрғон тумани ҳокимлиги
Қумқўрғон тумани Кенгашининг 6-чақириқ 39-сессияси

КУН ТАРТИБИ

 

  • йил 30 декабр
  1. Қумқўрғон туманининг 2022 йилги маҳаллий буджетини тасдиқлаштўғрисида
  2. Қумқўрғон туманидаги кам таъминланган, ижтимоий ҳимояга муҳтож оилаларни карантин даврида ижтимоий ҳимоя қилиш бўйича олиб борилаётган ишлар ҳамда «Саховат ва кўмак» жамғармасига тушган маблағларни сарфлаш тўғрисида
  3. Қумқўрғон тумани ҳокимининг молия-иқтисодиёт ва камбағалликни қисқартириш масалалари бўйича биринчи ўринбосари Қултаев Мурод Чориевичнинг туманда хизматлар соҳасини ривожлантириш бўйича амалга оширилаётган ишлар натижадорлиги ҳамда келгусидаги устувор вазифалар тўғрисида
  4. Бошқа масалалар.

 

 

Халқ депутатлари туман Кенгашининг
ўттиз тўққизинчи сессияси

ИШ РЕГЛАМЕНТИ

 

1.

Маърузалар учун

-

15 дақиқагача

2.

Сўзга чиқувчилар учун

-

3 дақиқагача

3.

Маълумотлар учун

-

3 дақиқагача

 

 

1-масала ЛОЙИХА

Ўзбекистон Республикаси

Халқ депутатлари Сурхондарё вилояти

Қумқўрғон тумани Кенгаши

ҚАРОРИ

 

O٬zbekiston Respublikasi

Xalq deputatlari

Surxondaryo viloyati

Qumqo`rg`on tumani Kengashi

QARORI

20__  йил “____”  _______         №  _______                             Қумқўрғон т.

 

Qumqoʻrgʻon tumanining 2022-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlashtoʻgʻrisida

 

Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 24-moddalari, Budjet kodeksining 99-moddasi, “2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq hamda Surxondaryo viloyati Moliya Bosh boshqarmasining 2021-yil 30-dekabrdagi 22-04-10/6392-sonli xatini inobatga olib, Xalq deputatlari Qumqoʻrgʻon tumani Kengashi

QAROR QILADI:

  1. Oʻzbekiston Respublikasining “2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijro va rahbarlik uchun qabul qilinsin.
  2. Oʻzbekiston Respublikasining “2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida” 2021-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-742-son Qonuniga muvofiq, Qumqoʻrgʻon tumani mahalliy budjetining 2022-yil uchun daromadlari 102 422 498 ming.soʻm, xarajatlari 211 601 097ming.soʻm prognoz qilinganligi hamda respublika budjetidan ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar 109 178 599 ming.soʻm miqdorida tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
  3. 2022-yil uchun tuman mahalliy budjeti daromadlari prognozi 1-ilovaga muvofiq maʼlumot uchun qabul qilinsin.
  4. 2022-yil uchun Qumqoʻrgʻon tumani budjetining xarajatlar prognoz koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq, 2022-yil uchun tuman budjetidan budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdorlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  5. 2022-yil uchun tumanbudjetiga umumdavlat soliqlaridan ajratmalar meʼyori 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Bunda, ajratmalar normativlari boʻyicha viloyat mahalliy budjeti bilan tuman va shaharlar mahalliy budjetlarining taqsimotini oʻrnatilgan tartibda viloyat Surxondaryo viloyati boʻyicha Gʻaznachilik boshqarmasi tomonidan amalga oshirilishi belgilab qoʻyilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

  1. 2022-yil uchun tuman mahalliy budjetining daromadlari va xarajatlarining prognozi 5-ilovaga muvofiq maʼlumot uchun qabul qilinsin.
  2. 2022-yil uchun viloyat budjetidan tuman mahalliy budjetiga ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar miqdorlari 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  Bunda, tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar miqdorini tuman va shahar mahalliy budjetlari daromadlari prognozi ijrosidan qatʼiy nazar kamaytirishga yoʻl qoʻyilmasligi Qonunda belgilab qoʻyilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

  1. 2022-yil uchun tuman budjeti zaxira jamgʻarmasi hajmlari 1 995 296 ming. soʻm miqdorida belgilansin.

Surxondaryo viloyati viloyat budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarini ijro etishda yuqori turuvchi budjetdan ularga ajratiladigan budjetlararo transfertlarning prognozidan oshgan qismi uchun tegishli budjetlarining zaxira jamgʻarmalar miqdorlariga aniqlashtirish kiritilmasligi belgilab qoʻyilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

  1. 2022-yil uchun tuman budjeti shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida turgan budjet mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 7-ilovaga muvofiq belgilansin.
  2. Oʻzbekiston Respublikasining mazkur Qonuni bilan 2022-yilda xalq deputatlari Kengashlarini mahalliy budjetlarni boshqarishda, xususan mahalliy budjet xarajatlarini hududiy budjet mablagʻlari taqsimlovchilar kesimida tasdiqlash va ularning Kengash oldidagi hisobdorligini belgilash boʻyicha vakolatlari kengaytirilganligi inobatga olinsin.

Shuningdek, 2022-yilda quyidagi soliq turlari:

  1. a) tuman budjetiga toʻliq hajmda oʻtkaziladi:

jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi;

jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi;

yakka tartibdagi tadbirkorlar toʻlaydigan qatʼiy belgilangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi;

aylanmadan olinadigan soliq;

Mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz soligʻi va alkogol maxsulotlari,tamaki mahsulotlari aksiz soligʻi, shu jumladan pivo uchun aksiz soligʻidan tushumlar 2021-yil 1-iyul holatiga koʻra tuman aholisining viloyat aholisidagi ulushiga muvofiq taqsimlanadi.

Davlat mulkini foydalanishga (ijaraga) berishdan tushumlar

  1. b) viloyatning viloyat mahalliy budjetiga toʻliq hajmda oʻtkaziladi:

foyda soligʻi (Oʻzbekitson Respubilkasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlanadigan roʻyhatga muvofiq yirik soliq toʻlovchilar, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy faoliyat olib boruvchi muassasa orqali faoliyat yurituvchi Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan, shuningdek norezidenlarning toʻlov manbaida ushlab qolinadigan daromadlaridan toʻlanadigan foyda soligʻidan tashqari).

elektr stansiyalari tomonidan toʻlanadigan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

qonunchilikda belgilangan miqdorlardagi davlat bojlari (patent bojlaridan va litsenziyalar berganlik uchun davlat bojlaridan tashqari);

qonunchilikda belgilangan miqdorlarda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga undiriladigan jarimalar;

qonunchilikda belgilangan miqdorlarda davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi boʻyicha dividendlar (daromadlar) va ajratmalar;

boshqa tushumlar

  1. v) viloyat budjeti hamda tuman budjetlari oʻrtasida taqsimlanadi:

jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi hamda tegishli mol-mulkni ijaraga berishdan oladigan yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyaga asosan toʻlaydigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi;

yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq;

yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi;

benzinni, dizel yoqilgʻisini va gazni yakuniy isteʼmolchilarga realizatsiya qilishdagi aksiz soligʻi;

suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, bundan elektr stansiyalari tomonidan toʻlanadigan soliq mustasno;

qurilish materiallari boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq

ayrim turdagi tovarlarning chakana savdosiga doir huquq uchun yigʻimlar;

qonunchilikda belgilangan miqdorlarda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga undiriladigan boshqa yigʻimlar (bojxona organlari tomonidan undiriladigan yigʻimlardan, gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun undiriladigan utilizatsiya yigʻimidan, shuningdek avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish uchun toʻlovdan tashqari);

davlat aktivlarini sotishdan qonunchilikda belgilangan normativlar boʻyicha olingan daromadlar;

(xar bir soliq turi boʻyicha ajratmalar normativi koʻrsatiladi)

  1. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari M.Qultaev, Moliya boʻlimimudiri Sh.Poyanov va masʼul tashkilotlar bilan birgalikda:

Tuman budjetini birinchi navbatda ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, oziq-ovqat va dori-darmon va kommunal xizmatlar xarajatlarining rejalashtirilishini nazarda tutgan holda shakllantirish;

  mahalliy budjetiprognoz koʻrsatkichlarni oʻz vaqtida va samarali bajarish;.

budjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish;

budjet intizomiga rioya etilishi ustidan nazorat va masʼuliyatni yanada kuchaytirish;

tegishli mahalliy budjetlarga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻliq tushumini taʼminlash;

budjet daromadlar bazasini oshirish va qoʻshimcha rezervlarni aniqlash zarurligiga alohida eʼtibor qaratsin.

  1. Tuman davlat soliq inspeksiyasi (Z.Tursunov) Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan vakolatlaridan kelib chiqib:

soliqlarning toʻliq va toʻgʻri hisoblanishini hamda ushbu soliqlarni oʻz vaqtida budjetga undirilishi ustidan soliq nazoratini kuchaytirish;

yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va mol-mulk soliqlari boʻyicha doimiy tahlililar oʻtkazgan holda, soliqlarni toʻliq hisoblanishini taʼminlash hamda ushbu soliq toʻlovlari boʻyicha soliq qarzdorligiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish;

aylanmadan soliq turi boʻyicha soliq toʻlovchilar tomonidan naqd pul aylanmalarining soliq hisobotlarida toʻliq aks ettirilishi ustidan doimiy soliq nazoratini oʻrnatish hamda zarur hollarda xronometraj va kameral soliq nazorati tadbirlarini oʻtkazish;

Bunda, mazkur yoʻnalishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida fuqarolarga xarid chekini talab qilib olishni targʻib etuvchi ijtimoiy roliklar hamda video materiallar tayyorlab, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida keng targʻibot-tashviqot ishlarini olib borishga alohida eʼtibor qaratsinlar.

xatlov ishlarini samarali tashkil etish orqali yer va mol-mulk soligʻining soliq bazasini oshirishvazifasi yuklatilsin.

  1. Kengashining Mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi:

mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalaridan foydalanish toʻgʻrisidagi hokimlik tomonidan taqdim etilgan takliflari asosida budjet qonunchiligiga toʻliq rioya etilgan holda Kengash qaror loyihasini ishlab chiqilishiga;

Kengash qarori asosida mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan ajratilgan mablagʻlarni samarali va maqsadli foydalanishi ustidan nazorat oʻrnatishga va natijalari boʻyicha tavsiyalar berishga monitoring qilishga;

mahalliy budjet xarajatlarining qonunchilikda belgilangan qismining jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilishida ishtirok etadi va ushbu mablagʻlarning maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirishga masʼul etib belgilansin.

  1. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari M.Qultaev, Moliya boʻlimi mudiri Sh.Poyanov:

Tuman budjeti jami xarajatlarining 5 foizi hamda shakllangan qoʻshimcha mablagʻlarining kamida 30 foizini jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlarni moliyalashtirish uchun “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi”ga yoʻnaltirsin.

Bunda, tuman xalq deputatlari, Yoshlar ishlar agentligi, tuman  hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashlari hamda yangi joriy etilgan hokim yordamchilari budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash maqsadida aholiga keng targʻibot-tashviqot ishlarini olib borishga masul etib belgilansin;

mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan xarid qilingan tovarlar va xizmatlar, qurilish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari olib borilayotgan obyektlar roʻyxati, shuningdek qurilish-taʼmirlash ishlarining moliyalashtirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar har chorak yakunlariga koʻra, keyingi chorak birinchi oyining 10 sanasiga qadar majburiy tartibda hokimlik rasmiy veb-saytlariga joylashtirib borilsin.

  1. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari M.Qultayev, xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati, tuman hokimligi, tegishli tashkilot boshliqlari:

mahalliy budjet daromad va xarajatlarining prognoz koʻrsatkichlari bajarilishi hamda soliq bazasini kengaytirish yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlar;

ajratilgan budjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanishi yuzasidan erishilgan natijalar boʻyicha Kengashga bir chorakda kamida bir marotaba hisobot kiritib borsin.

  1. Tuman hokimligi Qonunda belgilangan ayrim soliqlar va toʻlov stavkalari, soliq solish tartiblari hamda boshqa maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida yoritilishini taʼminlasin.
  2. Mazkur qaror “Qumqoʻrgʻon sadosi” gazetasida rasmiy eʼlon qilinsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
  3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
  4. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Kengashining Mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi va tuman hokimligi zimmasiga yuklatilsin.

 

Kengash raisi                                                       R.Gapparov

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Qumqoʻrgʻon tumani mahalliy budjeti daromadlarining 2022-yilgi asosiy prognoz koʻrsatkichlari

 
   
   

ming soʻmda

 

T/R

Daromad turlari

Jami

 
 

I.

Mahalliy soliq va tushumlar

63 608 800,0

 

1

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi

0,0

 

2

Yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar

8 244 000,0

 

3

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi

16 483 200,0

 

4

Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslardan olinadigan qatʼiy belgilangan daromad soligʻi (YATT)

849 000,0

 

5

Aksiz soligʻi

10 409 600,0

 

 

shu jumladan:

 

 

 

Yakuniy isteʼmolchilarga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz realizatsiya qilishdagi aksiz soligʻi

10 409 600,0

 

6

Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq

1 775 000,0

 

7

Yuridik shaxslar yer soligʻi

1 358 000,0

 

8

Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq

3 325 000,0

 

9

Jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi

14 221 000,0

 

10

Ijara toʻlovlari

199 000,0

 

11

Davlat boji

0,0

 

12

Jarimalar

0,0

 

13

Davlat tashkilotlarining sof foydasidan daromad

0,0

 

14

Yigʻimlar

4 449 000,0

 

15

Noruda qurilish materiallari uchun yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq

384 000,0

 

16

Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan tushum

0,0

 

17

Suv resurslaridan foydalanilganlik uchun soliq

1 328 000,0

 

18

Boshqa tushumlar

584 000,0

 

II.

Tuman aholisining viloyat aholisidagi ulushiga muvofiq taqsimlanadigan daromadlar

38 813 698,0

 

1

 - alkogol (shu jumladan; pivo)mahsulotlari uchun aksiz soligʻi

14 690 519,0

 

2

 - mobil aloqa xizmati uchun aksiz soligʻi

8 369 174,0

 

3

 - tamaki mahsulotlari uchun aksiz soligʻi

15 754 005,0

 

III.

Respublika budjetidan ajratilgan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar

109 178 599,0

 

Daromadlar hammasi

211 601 097,0

 

 

 

 

 

2022-yil uchun Qumqoʻrgʻon tumani budjetining xarajatlar prognoz koʻrsatkichlari

 

минг сўмда

Koʻrsatkichlar 

miqdori

 

XARAJATLAR-JAMI

       211 601 097  

1.

IJTIMOIY SOHA VA AHOLINI IJTIMOIY QOʻLLAB-QUVVATLASHGA XARAJATLAR - JAMI

       170 193 064  

1.1

Maorif

         19 737 070  

 

 - maktabgacha taʼlim

           7 822 573  

 

 - umumiy taʼlim

         11 914 497  

1.2

Sogʻliqni saqlash

         62 279 807  

1.3

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar uchun xarajatlar

                10 800  

1.4

Madaniyat va sport, ommaviy axborot vositalari

           3 773 029  

 

 - madaniyat va ommaviy axborot vositalari

           1 509 157  

 

 - sport

           2 263 872  

1.5

Bolali oilalarga va kam taʼminlangan oilalarga nafaqalar va kompensatsiyalar

         84 348 632  

1.6

Ijtimoiy koʻnikma markazlari

                43 726   

2.

IQTISODIYOTGA XARAJATLAR

         12 492 323  

2.1

Fermerlar xoʻjaliklari buxgalteriya markazlari

              437 669  

2.2

Obodonlashtirish

           8 443 515  

2.3

Suv xoʻjaligi vazirligi tashkilotlari

              797 850  

2.4

Veterinariya qoʻmitasi

           1 086 724  

2.5

Mahalliy budjetlarda hokim yordamchilarining tavsiyalari asosida mahalla infratuzilmasini yaxshilash uchun

           1 726 565  

4.

DAVLAT BOSHQARUV ORGANLARINI SAQLASH

         10 649 371  

4.1

Davlat boshqaruv idoralari

         10 649 371  

5.

FUQAROLARNING OʻZINI OʻZI BOSHQARISH ORGANLARINI SAQLASH

           6 194 800  

6.

ZAHIRA JAMGʻARMASI

           1 995 296  

7.

Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi

    10 076 243,00  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2022-yil uchun Qumqoʻrgʻon tumani budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan parlament ajratmalarining cheklangan miqdorlari

 

  ming soʻmda

Koʻrsatkichlar

миқдори

Харажатлар миқдори, Жами

Xarajatlar miqdori, Jami

 

joriy xarajatlar

211 601 097,0

1

 Xalq taʼlimi boʻlimi

9 484 305,0

 

joriy xarajatlar

9 484 305,0

2

 Maktabgacha taʼlim boʻlimi

7 822 573,0

 

joriy xarajatlar

7 822 573,0

3

Tuman tibbiyot birlashmasi

62 290 607,0

 

joriy xarajatlar

62 290 607,0

4

 Madaniyat boʻlimi

3 647 064,0

 

joriy xarajatlar

3 647 064,0

5

Bolalar usmirlar sport maktabi

2 263 872,0

 

joriy xarajatlar

2 263 872,0

6

Qishloq xoʻjaligi boʻlimi

455 103,0

 

joriy xarajatlar

455 103,0

7

Irrigatsiya boʻlimi

797 850,0

 

joriy xarajatlar

797 850,0

8

 Veterinariya boʻlimi

1 086 724,0

 

joriy xarajatlar

1 086 724,0

9

 Mehnat boʻlimi

745 518,0

 

joriy xarajatlar

745 518,0

10

Moliya boʻlimi

833 413,0

 

joriy xarajatlar

833 413,0

11

 Obodonlashtirish boʻlimi

8 443 515,0

 

joriy xarajatlar

8 443 515,0

12

Davlat hokimiyat organlari

105 650 790,0

 

joriy xarajatlar

105 650 790,0

13

Ijtimoiy moslashuv markazlari

43 726,0

 

joriy xarajatlar

43 726,0

14

Xalq qabulxonasi

119 240,0

 

joriy xarajatlar

119 240,0

15

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati

194 925,0

 

joriy xarajatlar

194 925,0

16

Axborot  kutubxona markazi

455 815,0

 

joriy xarajatlar

455 815,0

17

Fermerlar xoʻjaliklari buxgalteriya markazi

437 669,0

 

joriy xarajatlar

437 669,0

18

Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash boʻlimi

6 828 388,0

 

joriy xarajatlar

6 828 388,0

 

               

 

Soliqlar va yigʻimlardan  tumanlar mahalliy budjetiga 2022-yil uchun ajratmalar meʼyor

                             

Foiz hisobida

Т/Р

Shaxar va tumanlar nomi

Айланмадан солиқ

Yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qatʼiy belgilangan miqdordagi daromad soligʻi

(3 111 401)

Jismoniy shaxslarning yer soligʻi

Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq (Elektr stansiyalari tomonidan toʻlanadigan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan tashqari)

Benzin, dizel, siqilgan gaz, suyultirilgan gaz yoqilgʻisini yakuniy isteʼmolchilarga sotishdan aksiz soligʻi

Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq *

Noruda qurilish materiallari uchun yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq **

Yuridik shaxslar yer soligʻi ***

Yigʻimlar

Davlat mulkini xususiylash-tirishdan (sotishdan) tushadigan tushumlar

Ijara toʻlovlari

 

Qumqoʻrgʻon tumani

100

100

100

100

40

50

80

100

100

50

100

20

100

                             
 

Изоҳ:

 *    Шерабод тумани бўйича йирик солиқ тўловчилар томонидан тўланадиган мол-мулк солиғи  вилоят бюджтега йўналтирилади.

         
   

**   Yirik soliq toʻlovchilar tomonidan toʻlanadigan noruda qurilish materiallari uchun yer qaʼridan foydalanganlik uchun oliq viloyat byudjtega yoʻnaltiriladi.

   
   

*** Yirik soliq toʻlovchilar tomonidan toʻlanadigan yuridik yer  soligʻi viloyat byudjtega yoʻnaltiriladi.

           
   

      Yirik soliq toʻlovchilar tomonidan toʻlanadigan yuridik yer  soligʻi viloyat byudjtega yoʻnaltiriladi.

             
                                           

 

 

2022-yil uchun tuman budjeti daromadlar va

xarajatlar prognoz koʻrsatkichlari

 

 

ming soʻmda

Hudud nomi

Daromad

Xarajat

JAMI

102 422 498

211 601 097

Qumqoʻrgʻon tumani

102 422 498

211 601 097

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Shahar va tumanlar budjetlariga 2022-yilda ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar miqdorlari

 

 

 

                     ming soʻmda

Shahar va tumanlar

Tartibga soluvchi

transfert miqdori

JAMI

109 178 599,0

Qumqoʻrgʻon tumani

109 178 599,0

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2022-yilda viloyat, shahar va tumanlar mahalliy budjetlarida yoʻl qoʻyiladigan eng kam mablagʻlar miqdori

 

 

 

 

 

минг сўмда

Т/р

Hudud nomi

Miqdor

1

Qumqoʻrgʻon tumani

800 940,0

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2-масала ЛОЙИХА

Ўзбекистон Республикаси

Халқ депутатлари Сурхондарё вилояти

Қумқўрғон тумани Кенгаши

ҚАРОРИ

 

O٬zbekiston Respublikasi

Xalq deputatlari

Surxondaryo viloyati

Qumqo`rg`on tumani Kengashi

QARORI

20__  йил “____”  _______         №  _______                             Қумқўрғон т.

 

Qumqoʻrgʻon tumanidagi kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni karantin davrida ijtimoiy himoya qilish boʻyicha olib borilayotgan ishlar hamda “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasiga tushgan mablagʻlarni sarflash toʻgʻrisida

 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020-yil 22-apreldagi 213-F-sonli hamda viloyat hokimining 2020-yil 23-apreldagi 83-F-sonli farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 250-sonli qarori ijrosini taʼminlash hamda Qumqoʻrgʻon tuman hokimining maslahatchisi - mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining 1-oʻrinbosari S.Valiyevaning axborotini tinglab, Xalq deputatlari Qumqoʻrgʻon tuman Kengashi qaror qiladi:

 

  1. Qumqoʻrgʻon tuman hokimining maslahatchisi - mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining 1-oʻrinbosari S.Valiyevaning axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
  2. “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qumqoʻrgʻon tuman boʻlinmasi raisi (B.Mengliboyev)ga “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qumqoʻrgʻon tuman boʻlinmasi huzurida tashkil etilgan “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasiga kelib tushgan mablagʻlar hisobidan koʻrsatilgan miqdordagi pul mablagʻlari, yaʼni:

- tumandagi 1-sektor hududidagi “Oʻzbekiston besh yilligi” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro Berdiyev Bexruzga moddiy yordam uchun

5 253 519 soʻm (besh million ikki yuz ellik uch ming besh yuz oʻn toʻqqiz) soʻm;

- tumandagi 4-sektor hududidagi “Azlarsoy” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro Abduraimova Gavharga davolanishiga  moddiy yordam uchun 2 000 000 soʻm (ikki million) soʻm;

- tumandagi 1-sektor hududidagi “Yangiyer” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro  Ibragimova Oyjamolni davolanishiga  moddiy yordam uchun 1 000 000 soʻm (bir million) soʻm;

- tumandagi 1-sektor hududidagi “Nurli diyor” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro  Mamanova Moxichexraga davolanishiga  moddiy yordam uchun 3 000 000 soʻm (uch million) soʻm;

- tumandagi 4-sektor hududidagi “Elobod” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro  Xayitova Ozodaga  moddiy yordam uchun 3 000 000 soʻm (uch million) soʻm;

- tumandagi 4-sektor hududidagi “Bogʻaro” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro  Abduraxmanova Oyimgulga moddiy yordam uchun 1 000 000 soʻm (bir million) soʻm;

- tumandagi 3-sektor hududidagi “Yangishahar” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro Safarova Xosiyatga moddiy yordam uchun 1 000 000 soʻm (bir million) soʻm;

- tumandagi 2-sektor hududidagi “Boymoqli” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro  Gʻapparova Irodaga moddiy yordam uchun 3 100 000 soʻm (uch million bir yuz ming) soʻm;

- tumandagi 1-sektor hududidagi “Qarsoqli” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro  Gʻaniyeva Jangilga moddiy yordam uchun 2 500 000 soʻm (ikki million besh yuz ming) soʻm;

- tumandagi 2-sektor hududidagi “Doʻstlik” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro  Xmurinskaya Yelinaga moddiy yordam uchun 3 350 000 soʻm (uch million uch yuz ellik ming) soʻm;

- tumandagi 4-sektor hududidagi “Hurriyat” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro  Shaymardanova Shaxloga moddiy yordam uchun 2 200 000 soʻm (ikki million ikki yuz ming) soʻm;

- tumandagi 1-sektor hududidagi “Qarsaqli” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro  Kengboyev Jumaga moddiy yordam uchun 2 500 000 soʻm (ikki million besh yuz ming) soʻm;

- tumandagi 1-sektor hududidagi “Qarsoqli” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro  Begmatov Bozorga moddiy yordam uchun 2 500 000 soʻm (ikki million besh yuz ming) soʻm;

- tumandagi 1-sektor hududidagi “Qarsoqli” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro  Anarov Rustamga moddiy yordam uchun 2 500 000 soʻm (ikki million besh yuz ming) soʻm;

- tumandagi 1-sektor hududidagi “Qarsoqli” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro  Normuratov Umidullaga moddiy yordam uchun 2 500 000 soʻm (ikki million besh yuz ming) soʻm;

- tumandagi 3-sektor hududidagi “Kattakoʻl” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro  Eshmuminov Zuxriddinga  moddiy yordam uchun 5 253 519 soʻm (besh million ikki yuz ellik uch ming besh yuz oʻn toʻqqiz)  soʻm;

- tumandagi 4-sektor hududidagi “Navbaxor” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro  Mengqobilov Shoxruxga   moddiy yordam uchun 5 253 519 soʻm (besh million ikki yuz ellik uch ming besh yuz oʻn toʻqqiz)  soʻm;

- tumandagi 3-sektor hududidagi “Sheroziy” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro  Choriyev Oʻrolga   moddiy yordam uchun 5 253 519 soʻm (besh million ikki yuz ellik uch ming besh yuz oʻn toʻqqiz)  soʻm;

- tumandagi 3-sektor hududidagi “Toʻda” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro  Eshmirzayev Zuxriddinga   moddiy yordam uchun 5 253 519 soʻm (besh million ikki yuz ellik uch ming besh yuz oʻn toʻqqiz)  soʻm;

- tumandagi 2-sektor hududidagi “Boymoqli” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro  Abdunazarova Sayyoraga uyini taʼmirlash uchun 20 050 000 soʻm (yigirma million ellik ming)  soʻm;

- tumandagi Nogiron oilalarning uy joyini qarzdorligi uchun 39 360 000 soʻm (oʻttiz toʻqqiz million uch yuz olmish ming)  soʻm;

- tumandagi Nogiron oilalarning uy joyini qarzdorligi uchun 30 000 000 soʻm (oʻttiz million)  soʻm;

- tumandagi kam taʼminlangan oila farzandlarini SCHR xizmatiga moddiy yordam uchun 30 000 000 soʻm (oʻttiz million)  soʻm;

- tumandagi 3-sektor hududidagi “Islomobod” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro  Berdiyeva Gulbahorga moddiy yordam uchun 1 000 000 soʻm (bir million)  soʻm;

- tumandagi 1-sektor hududidagi “Qarsoqli” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro  Qodirova Turdixolga moddiy yordam uchun 2 700 000 soʻm (ikki million yetti yuz ming)  soʻm;

- tumandagi 4-sektor hududidagi “Munchoqtepa” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro  Poyanova Fotimaga moddiy yordam uchun 4 000 000 soʻm (toʻrt million)  soʻm;

- tumandagi 1-sektor hududidagi “Qarsoqli” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro  Xurramova Xosiyatga moddiy yordam uchun 10 000 000 soʻm (oʻn million)  soʻm;

- tumandagi 1-sektor hududidagi “Qarsaqli” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro  Qodirova Nasibaga moddiy yordam uchun 5 000 000 soʻm (besh million)  soʻm;

- MFY xodimlarini sogʻligini tiklash uchun 14 500 000 soʻm (oʻn toʻrt million besh yuz ming)  soʻm;

- tumandagi 4-sektor hududidagi “Gultepa” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro  Qobilova Robiyaga moddiy yordam uchun 7 000 000 soʻm (yetti million)  soʻm;

- tumandagi 4-sektor hududidagi “Mexrobod” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro Qobilova Oybarchinga moddiy yordam uchun 7 000 000 soʻm (yetti million)  soʻm;

- tumandagi 4-sektor hududidagi “Mexrobod” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro Markayeva Oʻlmasga moddiy yordam uchun 6 000 000 soʻm (olti million)  soʻm;

- tumandagi 4-sektor hududidagi “Azlarsoy” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro Turayeva Obodga moddiy yordam uchun 3 000 000 soʻm (uch million)  soʻm;

- tumandagi 4-sektor hududidagi “Munchoqtepa” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro Xolikova Ulkanga moddiy yordam uchun 2 000 000 soʻm (ikki million)  soʻm;

- tumandagi 2-sektor hududidagi “Doʻstlik” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro Suvanov Ilxomga moddiy yordam uchun 2 300 000 soʻm (ikki million uch yuz ming)  soʻm;

- tumandagi 3-sektor hududidagi “Yangishahar” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro  Xolikulova Rukiyaga  moddiy yordam uchun 2 000 000 soʻm (ikki million)  soʻm;

- tumandagi 4-sektor hududidagi “Navbaxor” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro  Xurramova Gulchexraga  moddiy yordam uchun 6 100 000 soʻm (olti million bir yuz ming)  soʻm;

- tumandagi 4-sektor hududidagi “Navbaxor” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro  Yuldoshev Ziyodullaga moddiy yordam uchun 2 000 000 soʻm (ikki million)  soʻm;

- tumandagi 4-sektor hududidagi “Munchoqtepa” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro  Iskandarova Umidaga  moddiy yordam uchun 3 000 000 soʻm (uch million)  soʻm;

- tumandagi 4-sektor hududidagi “Munchoqtepa” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro  Yuldosheva Saodatga  moddiy yordam uchun 800 000 soʻm (sakkiz yuz ming)  soʻm;

- tumandagi 4-sektor hududidagi “Munchoqtepa” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro  Tursunov Sudurxonga  moddiy yordam uchun 4 000 000 soʻm (toʻrt million)  soʻm;

- tumandagi 4-sektor hududidagi “Munchoqtepa” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro  Omonova Sanobarga  moddiy yordam uchun 3 700 000 soʻm (uch million yetti yuz ming)  soʻm;

- tumandagi 2-sektor hududidagi “Doʻstlik” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro  Sovurova Dilobarga  moddiy yordam uchun 1 000 000 soʻm (bir million)  soʻm;

- tumandagi 4-sektor hududidagi “Bogʻaro” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro  Boyqobilova Saltanatga  moddiy yordam uchun 1 000 000 soʻm (bir million)  soʻm;

- tumandagi kam taʼminlangan va nogiron oilalarga bayram tadbiri oʻtkazish uchun Janubiy Surxon MCHJga 50 000 000 (ellik million) soʻm mablagʻlari oʻtkazib  berilganligi inobatga olinsin.

  1. Tuman xokimining maslahatchisi - Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining 1-oʻrinbosari S.Valiyeva va “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qumqoʻrgʻon tuman boʻlinmasi raisi (B.Mengliboyev) oʻtkaziladigan pul mablagʻlarining maqsadli va samarali sarflanishini nazorat qilsin hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Xalq deputatlari Qumqoʻrgʻon tuman Kengashining doimiy komissiyalari yigʻilishida hisobot berib borsinlar.
  2. Mazkur qaror ijrosining nazorati xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, turizm, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (S.Toʻraqulov) zimmasiga yuklatilsin.

 

Кенгаш раиси                                                         Р.Гаппаров

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

3-масала ЛОЙИХА

Ўзбекистон Республикаси

Халқ депутатлари Сурхондарё вилояти

Қумқўрғон тумани Кенгаши

ҚАРОРИ

 

O٬zbekiston Respublikasi

Xalq deputatlari

Surxondaryo viloyati

Qumqo`rg`on tumani Kengashi

QARORI

20__  йил “____”  _______         №  _______                             Қумқўрғон т.

 

Qumqoʻrgʻon tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Qultayev Murod Choriyevichning tumanda xizmatlar sohasini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar toʻgʻrisida.

 

Tumanda 834 ta xizmat koʻrsatish va servis faoliyati bilan shugʻullanuvchi subyektlar mavjud boʻlib, ular tomonidan 2021-yil yanvar- noyabr oylarida koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 523,7 mlrd soʻmga yoki oʻtgan yilga nisbatan oʻsish surʼati 119,2 foizga bajarildi.

Xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish, shu jumladan xizmat turlarini kengaytirish, xizmatlar sifatini va ular bilan aholini qamrab olish darajasini oshirish orqali ushbu sohani natijadorligini taʼminlashni boʻyicha joriy yil yakuni bilan koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 585,4 mlrd.soʻmga yetkazildi va yillik oʻsish surʼati kamida 123,5 foizga bajarildi. Aholi jon boshiga koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 2,1mln.soʻmga yetkazildi.

Iqtisodiy oʻsishni taʼminlashda xizmatlar sohasini muhim drayverga aylantirish hamda 2022-yild axizmatlar hajmi 672,5mlrd.soʻmga yetkaziladi va yillik oʻsish surʼati kamida 145,4 foizga bajariladi.

Aholi jonboshiga koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 2,8mln.soʻmga yetkazishni oldimizga maqsad qilib oldik.

Xizmatlar sohasini rivojlantirish boʻyicha imkoniyatlarimizdan foydalanganimizda tuman hududida jami 3243ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi. Xususan, koʻngilochar koʻchalarda xizmat koʻrsatish loyihalari hisobiga 61ta, yirik investitsiya loyixalari hisobiga 374ta PQ-5113 karori asosida shakillantirilgan loyihalar hisobiga 245ta, yoʻl boʻyi infratuzilmasini rivojlantirish orqali 426ta, yengil konstruksiyalari koʻchma savdo sohasini rivojlantirish orqali 28ta, aholi uchun transport xizmatlarini yaxshilash orqali 23ta, boshqa chora-tadbirlar orqali 467ta va PQ-4742-son qarora sosida 1619 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

Bundan tashqari, hududlarda xizmatlar sohasini rivojlantirish boʻyicha keng imkoniyatlarimiz mavjud.

Shu bilan birgalikda 2022-yilda hududiy investitsiyalar doirasida umumiy qiymati 23,4 mlrd.soʻmlik 7 ta loyiha amalga oshirilib, 48 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

Jumladan:

- Xizmatlar sohasida tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash va aholi uchun yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida tijorat banklariga Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan ajratilgan PQ-5113-sonli qarorga asosan 30,4 mlrd.soʻmlik 28 ta  loyiha va 143 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi beliglangan loyihalar manzillir oʻyhati shakllantirildi va tasdiqlandi.

-Tumandagi 61 tamahallada kamida 68 turdagi xizmatlarni tashkil qilish maqsadida mahallalarda oʻrganish oʻtkazganimizda biriktirilgan xodimlar tomonidan qiymati 87,6 mlrd.soʻmlik 271 ta loyiha

tashabbuskorlari aniqlanib, ular tomonidan 549 nafar yangi ishoʻrinlari yaratish belgilab olindi.

- Xalqaro ahamiyatdagi va tumanlararo avtomobil yoʻl yoqalarida jami 90 ta loyiha shakllantirilib 456 ta yangi ish oʻrinlariya ratiladi. Yuqoridagilarni inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasiga asosan xalq deputatlari Qumqoʻrgʻon tuman Kengashi

 

Q A R O R   Q I L A D I:

 

  1. Qumqoʻrgʻon tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Qultayev Murod Choriyevichning tumanda xizmatlar sohasini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar toʻgʻrisidagi maruzasi maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
  2. Qumqoʻrgʻon tumanida 2022-yilda xizmatlar sohasini rivojlantirish koʻrsatgichlari dasturi 1-ilovaga muvofiq, maqsadli koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  3. Qumqoʻrgʻon tumani hokimi R.Gapparov, tuman prokurori Sh.Akramov, tuman ichki ishlarboʻlimi boshligʻi N.Narzullayev, tuman davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi Z.Tursunov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora- tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2021-yil 11-maydagi PQ-5113-sonli qarori ijrosi taʼminlanishini nazoratga olsinlar;

2021-yil tumanda koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 585,4 mlrd.soʻmga yetkaziganligi va yillik oʻsish surʼati kamida 125,5 foizga (aholi jonboshiga koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 2,1 mln.soʻmga) yetkaziganligi.

Iqtisodiy oʻsishni taʼminlashda xizmatlar sohasini muhim drayverga aylantirish hamda 2022-yilda xizmatlar hajmini 672,5 mlrd.soʻmga yetkazish va yilli koʻsish surʼati kamida 145,4 foizga (aholi jonboshiga koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 2,8 mln.soʻmga ) bajarishni;

-2022-yilda xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturiga muvofiq jami 3243 nafar yangi ish oʻrinlari yaratishni taʼminlasinlar.

  1. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman sektor rahbarlari, tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari M.Qultayev va Xalqdeputatlari tuman Kengashining Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi S.Toʻraqulov zimmalariga yuklatilsin.

 

 

Кенгаши раиси                                                      Р.Гаппаров

Изоҳ қолдириш

Рўйхатдан ўтиш
2 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
Сайт ҳақида фирингиз?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси