Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi
Maqsadimiz korrupsiyaga yo‘l qo’ymaslik, aholini bepul va arzon dori-darmonlar bilan ta’minlash

Qumqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasida tuman hokimi Anvar Normamatov, tuman hokimining o‘rinbosari Normo’min Allanazarov, tibbiyot birlashmasiga biriktirilgan kurator-Viloyat teri-tanosil dispanseri bosh vrachi Qudrat Xakimov va tuman tibbiyot birlashma boshlig‘i Norali Xidayevlar ishtirokida markaziy shifoxonasi atrofida joylashgan dorixona xodimlari va tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlariga yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda korrupsiyaga yo‘l qo’ymaslik, ushbu holatlar jinoyat ekanligi, xalqimizga tez va malakali tibbiy yordam ko‘rsatish, aholini bepul va arzon dori-darmonlar bilan ta’minlash to‘g‘risida aytib o‘tildi.

Shundan so’ng tuman hokimi tuman markazidagi dorixonalarga kirib, narxlar hamda dorilarning bemorlarga shifokor retsepti bo‘yicha berilishi lozim ekanligi sotuvchilarga tushuntirildi.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
4 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси