Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi
Korrupsiya –taraqqiyot kushandasi

Bugun Qumqo’rg’on tumani hokimligi majlislar zalida Korrupsiyaga qarshi kurashish tuman Kengashining 2023-yil II-yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejasi tasdiqlash va ijrosini ta’minlash maqsadida yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda tuman Korrupsiyaga qarshi kurashish Kengashi a’zolari, xalq deputatlari tuman Kengashining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari, hisobot beruvchi mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda tashkilotlar rahbarlarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi bo‘yicha hisobotlarini eshitildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsion holatlarning oldini olish borasida 2023-yil ikkinchi choragida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
3 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси