Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi
Ijodiy uchrashuv
Ochiq ma'lumotlar / 2024-04-05

Iste’dodli rahbar Abdulla Vaxsh rahbarlik qilayotgan Halqaro adabiyot,san’at,madaniyat va ijtimoiy fanlar Akademiyasi, Butunjahon xalq ijodkorlari uyushmasi faoliyati kun sayin keng quloch yozmoqda. Ko‘plab qalam ahli uyushmaga a’zo bo‘lib, uning atrofiga birlashmoqda.

Mana shunday tantanalarida biri Qumqurg‘on tumani hokimligida ham bo‘lib o‘tdi. Tantanali tabriklash marosimini uyushma raisi o‘rinbosari shoir va jurnalist To‘ramurod Rahmon kirish so‘zi bilan ochib, qumqo’rg’onlik iste’dodli adib Jumanazar Anorovning hayot yo‘li va boy adabiyoti hususida atroflicha so’zlab berdi.

Shundan so‘ng umrini ijodga bag‘ishlagan, badiiy asarlar muallifi, “Janub posboni” gazetasi Bosh muharriri J.Anorovga uyushmaning a’zolik guvohnomasi va diplomi hamda sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. O‘z navbatida J.Anorov ham bunday e’tibor va e’tirof uchun uyushma rahbariyatiga hamda tuman hokimiga tashakkurlarini aytib, yig‘ilganlarga o‘z ijod namunalaridan o‘qib berdi.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
4 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси