Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi
Qumqo'rg'on tumani hokimi Normamatov Anvar Mamatovichning Ramazon Hayiti munosabati bilan bayram tabrigi
Ochiq ma'lumotlar / 2024-04-10

Aziz yurtdoshlar!

Yurtimiz mo‘min-musulmonlari va butun xalqimizni yer yuzidagi islom ummati tomonidan keng nishonlanayotgan ulug‘ va muborak ayyom – Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Qalblarimiz quvonchga va ezgu niyatlarga to‘lgan ushbu saodatli va munavvar damlarda avvalo shunday tabarruk kunlarga yetkazgani, bayramni tinch va osuda muhitda, oilamiz, el-yurtimiz bilan hamjihatlikda kutib olayotganimiz uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytamiz.

Ramazoni sharif har bir xonadonga, jonajon yurtimizga qut-baraka, sog‘lik-omonlik va baxtu saodat hamda fayzu futuh olib kelsin!

Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
6 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси