Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi
“Salomatlik” mobil karvoni Qumqo'rg'on tumanidagi "To'g'on", "Yangiyer", "Paxtaobod", "Qarsoqli" mahallalarida bo'ldi
Ochiq ma'lumotlar / 2024-07-11

Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi va tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan aholi ishtirokida tibbiy ko'rik bo'lib o'tdi.

IHMA viloyat boshqarmasi, Sog’liqni saqlash boshqarmasi “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondi va UNICEF hamkorligida ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar va bolalar, nogironligi bo'lgan shaxslar bepul qabul qilinib, ularga bepul tibbiy maslahatlar berildi. 250 nafar fuqarolarga o'qish uchun ko'zoynaklar, 180 nafar fuqarolarga vitaminlar tarqatildi va davolanishlari uchun yo‘llanmalar berildi.

Aholining ijtimoiy holatini yaxshilash maqsadida tuman Kengashi deputatlari M.Nomozov, R.Mengziyayeva hamda Nuroniy jamg‘armasi raisi B.Abdimo‘minov yotib qolgan keksalarning xonadonlariga borib, ularni tibbiy ko'rikdan o'tkazishda ko'maklashishdi.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
4 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси