Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi
Ajrimlarning oldini olishga qaratilgan yangicha yondashuv.
Ochiq ma'lumotlar / 2024-07-15

Qumqo‘rg‘on tumanida ajrimlarning oldini olish, nizoli oilalar bilan manzilli ishlash hamda ayollar o’rtasida jinoyatchilikni bartaraf etish, erta tug‘ruq, erta nikoh va qarindoshlar o‘rtasida nikohning salbiy oqibatlarini aholiga tushuntirish maqsadida seminar tashkil qilindi.

Mazkur seminarda viloyat hokimining o‘rinbosari Z.Xidirova, viloyat ichki ishlar boshqarmasining xotin-qzilar masalalari bo‘yicha o'rinbosari, podpolkovnik O‘.Ishimova, tuman kengashi deputatlari, maktab direktorlari, psixologlar, “Oqila ayollar harakati“ a’zolari qatnashdi.

Ushbu tadbirda, ishtirokchilar tarkibida tuzilgan ishchi guruhlar tumandagi 61 ta mahallalarga borib, manzilli ro'yxat asosida ajrim yoqasidagi, nizoli va shariy nikohdagi oilalar bilan ishlash bo'yicha kerakli tavsiya va ko'rsatmalar berildi.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
1 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси