Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi
MAHALLABAY IShLASh TIZIMINING SAMARADORLIGI OShMOQDA

Davlatimiz rahbarining Surxandaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida sektor rahbarlariga iqtisodiy o‘sishning qo‘shimcha zaxiralarini topish va safarbar qilish,  mahallalarda “o‘sish nuqtalari”ni aniqlab, ularni rivojlantirish borasida aniq  vazifalar belgilab bergan edi.

Qumqo‘rg‘on tumanida bu borada aniq manzilli ishlar olib borilmoqda.  Xususan, 3-sektoro hududi "Cho‘kirli" mahallasida sektor rahbari, tuman IIB boshlig‘i N. N. Narzullaev tomonidan maxallabay ishlash tizimiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Mazkur  yig‘ilishda mahalla raislari va mazkur tizimda ishtirok etadigan xodimlar bilan bu boradagi chora-tadbirlar va ularni amalga oshirish mexanizmi muhokama qilindi.

Tuman IIB boshlig‘i N. Narzullaev yosh avlodga o‘rnak sifatida ot minib, xizmat hududini aylanib chiqdi.  "Cho‘kirli" mahallasidagi xonadonlarda bo‘lib, fuqarolarning zamonaviy issiqxonalari bilan tanishdi. Ularni keng targ‘ib qilish bo‘yicha suxbatlashdi.

Shuningdek, tuman IIB boshlig‘i tashabbusi bilan  yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida Cho‘kirli maxallasida joylashgan 59-sonli umumta’lim  maktabga 500 dona kitoblar sovg‘a qilindi.

3 izoh

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
2 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси