Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi
JINOYATCHILIK MUHOKAMASIGA BAG‘ISHLANGAN YIG‘ILISH BO‘LIB O‘TDI

Giyohvandlik  illati ortidan qanchadan-qancha insonlar umri zavol, oilalar parokanda bo‘ladi, farzandlar ko‘zida yosh qalqiydi.Shu  bois ham doimo unga qarshi kurashish lozim.

Qumqo‘rg‘on tumani Yangier mahallasida tuman hokimi R.Gapparov, tuman IIB boshlig‘i N.Narzullaev, tuman DSI boshlig‘i Z.Tursunov va mahalla raislari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda “Surxon Sohili” mahallasida fosh etilgan giyohvandlik jinoyati muhokama qilindi.

Qumqo‘rg‘on tuman IIb JQB tezkor tadbir jarayonida  giyohfurushlik bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi. 

Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi 1977 yilda tug‘ilgan M.S tumanida yashovchi, umumiy vazni 2,86 gramm bo‘lgan “Opiy” giyohvandlik vositasini 1 000 000 so‘mga qonunga xilof ravishda sotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Olib borilgan dastlabki surishtiruvlar jarayonida M.S. ushbu giyohvandlik vositasini Denov tumanida 1997 yil tug‘ilgan, millati tojik, Surxon Sohili  mahallasida nonvoyxonada nonvoychi bo‘lib ishlovchi  R.N dan sotib olganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
2 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси