Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi
Surхondaryo viloyati Qumqo'rg'on tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig'i Zafar Tursunovning may oyi yakuni bo'yicha hisoboti

Iqtisodiy barqarorlikka erishishda xususiy mulk ustuvorligini ta’minlash hamda tadbirkorlik rivoji yo‘lidagi to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish ustuvor vazifalardan sanaladi. Ayni shu maqsadda yurtimizda tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va erkin faoliyat yuritishlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilib, davlat soliq xizmati organlari “Soliqchi - ko‘makchi” tamoyili asosida faoliyat yuritmoqda.

Xususan joriy yilning may oyida tumanimizda faoliyat yuritayotgan 1 924 nafar tadbirkorlik subyektining 42 ta muammolari o‘rganilib, imtiyozli kredit olish, dastlabki buxgalteriyasini yuritish, hisobotlarni to‘ldirish va topshirish kabi 63 dan ortiq masalalar bevosita soliq organlari xodimlari ko‘magida hal etildi.

Bundan tashqari, faoliyatini to‘xtatgan 19 nafar tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatilib, faoliyatlarini qayta tiklashga erishildi.

Tadbirkorlar uchun teng raqobat muhitini yaratish, noqonuniy tarzda savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanishning oldini olish maqsadida davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan nazorat tadbirlari o‘tkazilib, 4 nafar fuqarolar hech qanday hujjatlarsiz tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotganligi aniqlandi. Mazkur fuqarolar o‘rtasida olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida ulardan 38 nafari belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tib, qonuniy tartibda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ydilar.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan o‘tkazilgan bevosita muloqotlar va keng ko‘lamli tushuntirish ishlari pirovardida 184 ta korxonadagi 305 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolarning faoliyati qonuniylashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2022-yil 31-mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yil yakuniga qadar Rossiya, Ukraina va Belorus davlatlari bilan ishlayotgan tashqi savdo qatnashchilariga debitor qarzdorligi uchun jarimalar qo‘llamaslik vazifasi belgilangan. Shunga asosan tumanimizda Rossiya, Ukraina va Belorus davlatlari bilan tuzilgan tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan muddati o‘tgan debitor qarzdorliklari mavjud emas.

Joriy yilning may oyi davomida “Soliq hamkor” dasturi orqali Qumqo`rg`on tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan bog‘liq soliq huquqbuzarliklari to‘g‘risida jami 29 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, murojaatlarga asosan 18 ta sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazildi va o‘z tasdig‘ini topmagan 5 ta murojaatni ko‘rib chiqish rad etildi.

Eng muhimi, soliq to‘lovchilarga soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini ijro etishida yordam berish hamda “Soliqchi - ko‘makchi” tamoyili asosida chora qo‘llashdan oldin bartaraf etishga imkoniyat yaratish talabidan kelib chiqib, joriy yil 1-iyundan boshlab, “Soliq hamkor” orqali murojaat yo‘llash va murojaatga asosan soliq huquqbuzarliklarini sodir etgan tadbirkorlik subyektiga nisbatan chora ko‘rish tartibiga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi. Jumladan mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, birinchi marotaba kelib tushgan murojaat bo‘yicha soliq to‘lovchi huzuriga borgan holda, profilaktik suhbat o‘tkazilib, tadbirkorlik subyektining qonun talablarida ish yuritishi to‘g‘risida rasman ogohlantirilib, unga nisbatan moliyaviy jazo choralari ko‘rilmaydigan bo‘ldi.

Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish kerakki, barcha tadbirkorlik subyektlari yurtimizda ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida berilayotgan keng imkoniyatlar va yengilliklardan unumli foydalanishlari va bunga javoban, halollikni mezon qilib, qonuniy tartibda faoliyat yuritishlari lozim.

Zero, soliq xizmati - insofli soliq to‘lovchilarning ishonchli hamkori!

Zafar Tursunov,

Surxondaryo viloyati Qumqo`rg`on tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i

 

 

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
3 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси