Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi
Sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 2 mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tuman sudi tomonidan tumandagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Qumqo‘rg‘on tuman bo‘limida  Suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalarini buzish,  Yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanish yoki ularni yaroqsiz holga tushirish bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, bo‘limda barcha xodimlar ishtirokida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.  Tadbir ishtirokchilariga  jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi kurash, O‘zbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga kiritilgan so‘nggi o‘zgartish va qo‘shimchalar hamda mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirishga doir qonun hujjatlarini takomillashtirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Mazkur tadbirda  tarqatma materiallar tarqatildi va ishtirokchilar o‘zlarini  qiziqtirgan savollarga batafsil ma’lumotlar olishdi.

2 izoh

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
1 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси