O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-oktyabrdagi F-53-son «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi Farmoyishi ijrosi yuzasidan Qumqo’rg’on tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Abrayev Xasan Choriyevich hamda sudya Usmonov Tohirbek Shavkatovichlar tomonidan Biznesni rivojlantirish banki Qumqo’rg’on tuman filialida “Konstitutsiyam 32 yoshda” shiori ostida targ’ibot tadbiri o’tkazildi. Tadbirda Biznesni rivojlantirish banki Qumqo’rg’on tuman filiali xodimlari, fuqarolar ishtirok etdi.
Oila qo‘rg‘onining mustahkam bo‘lishi uchun xalqimizga xos sabr-qanoat, o‘zaro hamjihatlik, mehr-oqibat singari fazilatlarga amal qilib yashash lozim.
Ayniqsa, yoshlarni yuksak odob-axloq tamoyillari asosida tarbiyalash, mustaqil oilaviy hayotga tayyorlashga yo‘naltirilgan, o‘ziga xos mazmunga ega tadbirlarni kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Yurtimizda kuz-qish mavsumiga hozirlik ko‘rilmoqda. Ijtimoiy soha ob’ektlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarini mavsumga tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Qumqo‘rg‘on tumanidagi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush-tarzini targ‘ib etish, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish maqsadida, sportning kurash turi bo‘yicha “Bosh prokuror kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.
© Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi veb-saytlari 2024